turishida aql egalari uchun (bir yaratuvchi va boshqarib turguvchi zot mavjud
ekanligiga) oyat-alomatlar borligi shubhasizdir.
191. Ular turganda ham, o‘tirganda ham, yotganda ham Allohni eslaydilar
hamda osmonlar va yerning yaralishi haqida tafakkur qilib (deydilar):
«Parvardigoro, bu (borliq)ni behuda yaratganing yo‘q! Sen (behuda biron ish
qilish aybidan) poksan! O’zing bizni jahannam azobidan asragil!
192. Parvardigoro, albatta Sen kimni jahannamga kiritsang, muhaqqaq uni
rasvo qilursan. Va bunday zolimlar uchun hech qanday yordamchi yo‘qdir.
193. Parvardigoro, albatta biz: «Parvardigoringizga iymon keltiringiz!» — deb
iymonga chorlagan jarchi (Muhammad alayhis-salomning nidolarini) eshitdigu,
iymon keltirdik. Parvardigoro, bizning gunoxlarimizni mag‘firat qil, qilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |