yaralmish jonzotlarning eng yaxshisidirlar.
8. Parvardigorlari huzuridagi ularning jazo-mukofotlari – ostidan daryolar oqib
turadigan mangu jannatlardir. Ular o‘sha joyda abadul-abad qolguvchidirlar.
Alloh ulardan rozi bo‘ldi, ular xam (Allohdan) rozi bo‘ldilar. Bu (mukofot)
Parvardigoridan qo‘rqqan kishi uchundir.
ZALZALA SURASI
Sakkiz oyatdan iborat bu sura ham Madinada nozil bo‘lgandir. «Zalzala» (Zilzila) deb
nomlangan bu sura dastlab Qiyomat qoyim bo‘lgan kunda zamin zilzilaga tushib, titrab-
yorilib, tilga kirishi haqida hikoya qiladi.
So‘ngra u Kunda hayoti-dunyoda qilib o‘tilgan bir zarra misoli yaxshilik ham, yomonlik
ham bejazo qolmasligi bayon qilinadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |