7. Bas, (ey Muhammad), qachon siz (kishilarni Haq yo‘liga da’vat qilishdan)
forig‘ bo‘lsangiz (o‘rningizdan) turing.
8. Va yolg‘iz Parvardigoringizga yuzingizni buring!
TIYN SURASI
Bu sura sakkiz oyatdan tashkil topgan bo‘lib, Makkada nozil qilingan.
Unda Alloh taolo yaratgan eng go‘zal va mukammal xilqat inson ekanligi, lekin ayrim
kimsalar kufru-isyon botqog‘iga botib, pastlarning pastiga aylanib qolishlari, bu hayoti-
dunyodan iymon va ezgu amallar bilan yashab o‘tgan insonlar esa beadoq ajr-
mukofotlarga ega bo‘lishlari haqida so‘z boradi.
Sura o‘zining ilk oyati bilan «Va-t-Tiyn — Anjir mevasiga qasam», deb nomlangandir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Do'stlaringiz bilan baham: |