91. Do‘zax yo‘ldan ozgan kimsalarga ko‘rsatib qo‘yildi.
92-93. Va ularga: «Sizlar Allohni qo‘yib ibodat qilib o‘tgan butlaringiz qani?!
Ular sizlarga yordam bera olurmi yoki o‘zlari yordam ola bilurmi?!» — deyildi.
94-95. Bas u (butlar) yo‘ldan ozdirgan kimsalar va Iblis lashkarlari (ya’ni
kishilarni Haq yo‘lidan ozdirgan dohiylar) barchalari (do‘zaxga) uloqtirildi.
96. Ular (do‘zaxda) talashib-tortishar ekanlar, dedilar:
97-98. «Alloh nomiga qasamki, albatta bizlar sizlarni (ey but va sanamlar!)
barcha olamlarning Parvardigoriga tenglashtirgan paytimizda ochiq zalolatda
bo‘lgan ekanmiz.
99. Bizlarni faqat jinoyatchi («dohiy»)lar yo‘ldan ozdirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |