albatta bizlar uchun (katta) mukofot bo‘lurmi?» — deyishdi.
42. U: «Ha, u holda albatta sizlar mening yaqinlarimdan bo‘lursizlar», dedi.
43. Muso ularga: «Tashlaydigan narsalaringizni tashlanglar», dedi.
44. Bas ular arqon va asolarni (erga) tashladilar va: «Fir’avnning qudratiga
qasamki, albatta bizlargina g‘olib bo‘lguvchidirmiz», dedilar.
45. So‘ng Muso asoini tashlagan edi, banogoh u (aso) ularning «uydirma»larini
yuta boshladi.
46-47. Bas u sehrgarlar sajda qilgan hollarida yerga tashlanib: «Barcha
olamlarning Parvardigoriga — Muso va Horunning Parvardigoriga iymon
keltirdik», dedilar.
49. (Fir’avn) aytdi: «Men izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta
u (Muso) sizlarga sehr o‘rgatgan kattangizdir. Endi yaqinda bilursizlar – albatta
Do'stlaringiz bilan baham: |