www.ziyouz.com
kutubxonasi
323
17. (Qo‘l ostingdagi) Bani Isroil (qavmi)ni bizga qo‘shib (o‘z yurtlari —
Falastinga) jo‘natgin».
18. (Ular kelib Fir’avnga shu so‘zlarni aytishgach, u Musoga qarab) dedi: «Biz
seni bolalik chog‘ingda o‘z ichimizda (ya’ni saroyimizda) tarbiyalamaganmidik,
umringning bir necha yilida oramizda turgan eding-ku!
19. Keyin nonko‘rlardan bo‘lib qilgan qilmishingni — qilgan eding-ku (ya’ni bir
Qibtiyni o‘ldirib qo‘yib qochib ketgan eding-ku)!»
20. (Muso) aytdi: «O’shanda men u ishni bilmagan holda qilgan edim.
21. So‘ng sizlardan qo‘rqib qochib ketdim. Keyin Parvardigorim, menga hikmat
– ilm hadya etdi va meni payg‘ambarlardan qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |