yo‘ldan ozdirdi». (U kunda) shayton (hayoti dunyoda o‘ziga ergashgan barcha)
insonni yordamsiz qo‘yguvchidir.
I z o h.
Bu oyatlardagi «zolim» Aqaba ibn Abu Mu’ayt, falonchi esa Ubay ibn Xalafdir.
Aqaba payg‘ambar alayhis-salomning da’vatlarini qabul qilib, Islomga kirganidan so‘ng
o‘sha do‘sti Ubay uni yo‘ldan ozdirib, vasvasaga solishi oqibatida murtad bo‘lib, dindan
chiqadi. Mazkur oyatlarda Alloh taolo ana shunday shaytonlarning vasvasalariga uchib,
o‘z dinlaridan voz kechadigan zolimlarning qiyomat kunidagi ahvolini tasvirlaydi va
shaytonlar unga oxiratda biron yordam bermasligini ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |