206. Qachon unga: «Allohdan qo‘rqqin», deyilsa, uni kibru havosi gunohga
tortadi-etaklaydi. Unga jahannam bas kelar. Naqadar yomon joy-a!
I z o h.
Yuqoridagi uch oyat – Axnas ibn Shariyq ismli bir munofiq haqida nozil
bo‘lgandir. U payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib, o‘zining haqiqiy mo‘min
ekanligi haqida yolg‘on qasamlar ichish bilan payg‘ambarning ko‘ngillarini o‘ziga
xayrixoh qilishga uringanida mazkur oyatlar bilan Tangri taolo o‘z payg‘ambarini
ogohlantiradi va u munofiqning mo‘minlarga yetgan ziyonlarini elga oshkor qiladi.
207. Odamlar orasida Alloh rizoligi yo‘lida o‘z jonini beradigan zotlar ham bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |