Qiyomatni eslangiz)! (U Kunda) Biz ulardan birontasini qo‘ymay yig‘dik.
48. Ular saf tortgan hollarida Parvardigoringizga ro‘baro‘ qilindilar (va Biz
ularga aytdik): «Mana, sizlarni avval-boshda qanday yaratgan bo‘lsak, shunday
holda (ya’ni, mol-dunyo, bola-chaqalaringizni tark qilib, yalang‘och holingizda)
huzurimizga keldingiz. Balki Bizni, sizlarga va’da qilingan Kunni (ya’ni,
Qiyomatni paydo) qila olmas, deb o‘ylagandirsizlar?!»
49. (So‘ng har bir kishining) nomai a’moli o‘rtaga qo‘yilur. Bas,
gunohkorlarning unda (bitilgan) narsalardan dahshatga tushib: «Bizlarga
halokat bo‘lg‘ay, bu qandoq kitobki, na kichik va na katta (gunohni) qoldirmay,
barchasini hisoblab-bitib qo‘yibdi», deyishlarini ko‘rursiz. Ular qilib o‘tgan
barcha amallarini hoziru nozir holda topurlar. Parvardigoringiz hech kimga
Do'stlaringiz bilan baham: |