balosini totdirib qo‘ydi.
113. Darhaqiqat, ularga o‘zlaridan bo‘lgan bir payg‘ambar kelganida uni
yolg‘onchi qilishgach, ularni zolim bo‘lgan hollarida (Allohning) azobi ushladi.
114. Bas, (ey mo‘minlar), Alloh sizlarga rizq qilib bergan halol-pok narsalardan
yenglar va agar Allohga ibodat etguvchi bo‘lsangizlar, U zotning ne’matlariga
shukr qilinglar!
115. U (Alloh) sizlarga faqatgina o‘laksani, qonni, to‘ng‘iz go‘shtini va Allohdan
o‘zgaga atalib so‘yilgan narsalarnigina harom qildi. Endi kimki zolim va haddan
oshuvchi bo‘lmagan holida nochor vaziyatda qolsa (va shu holda mazkur
narsalardan o‘lmagudek miqdorda yesa, gunohkor bo‘lmaydi). Bas, albatta
Alloh mag‘firat qilguvchi, rahmlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |