– halok bo‘lishi haqidagi mana shu farmonni vahiy qildik.
67. (Lutning uyiga chiroyli yigitlar kelgani haqidagi xabarni eshitib) shahar
aholisi shod-xurram bo‘lgan hollarida keldilar. (Chunki ular bachchabozlik
illatiga mubtalo bo‘lgan edilar).
68. (Shunda Lut) dedi: «Axir bu (yigitlar) mening mehmonlarim-ku. Meni
sharmanda qilmanglar.
69. Allohdan qo‘rqinglar! Meni rasvo qilmanglar!»
70. Ular aytdilar: «Biz seni barcha olam (odamlarini himoya qilish)dan
qaytarmaganmidik?!»
I z o h .
Rivoyat qilishlaricha, Lut alayhis-salom doimo qishloqlariga kelgan musofirlarni
ularga zo‘rlik qilmoqchi bo‘lgan kofirlarning axloqsiz xatti-harakatlaridan himoya qilur
ekanlar. Shunda u kofirlar Lutga: «Agar yana begonlarni bizdan himoya qilsang, seni
qishlog‘imizdan quvib chiqaramiz», deb do‘q urgan ekanlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |