deb o‘ylamoqdamiz», dedilar.
28. U dedi: «Ey qavmim, xabar beringiz-chi, agar men Parvardigorim
tomonidan aniq hujjatga ega bo‘lsam va U zot menga O’z dargohidan rahmat —
payg‘ambarlikni ato etgan bo‘lsa-yu, ammo bu sizlarga maxfiy bo‘lsa, biz
sizlarni o‘zingiz istamagan holda (iymon keltirishga) majbur qilamizmi?!»
(Yo‘q, unday qilmaymiz, chunki faqat o‘z ixtiyorlaringiz bilan keltirgan
iymonlaringizgina maqbuldir).
29. «Ey qavmim, men sizlardan bu (da’vatim) uchun mol-dunyo so‘ramayman.
Mening ajr-mukofotim faqat Allohning zimmasidadir. Va men (sizning
so‘zingizga kirib) iymon keltirgan kishilarni (huzurimdan) quvmayman ham.
Chunki ular Parvardigorga ro‘baro‘ bo‘lguvchidirlar (bas, agar kambag‘al
bo‘lganlari uchun ularni huzurimdan haydasam, albatta, qiyomat kunida
Do'stlaringiz bilan baham: |