payg‘ambarlarining so‘zlarini) mana shunday «yolg‘on» degan edilar. Mana
endi unday zolim kimsalarning oqibati qanday bo‘lganini ko‘ring.
40. Ularning (ya’ni, mushriklarning) orasida unga (Qur’onga) ishonadiganlari
ham bor. Ularning orasida unga ishonmaydiganlari ham bordir.
Parvardigoringiz buzg‘unchi kimsalarni juda yaxshi bilguvchidir.
41. (Ey Muhammad), agar ular sizni yolg‘onchi qilsalar, u holda ayting:
«Mening qilgan amalim o‘zim uchun, sizlarning amalingiz o‘zingiz uchundir.
Sizlar mening amalimdan poksizlar, men esa sizlar qilayotgan amallaringizdan
pokdirman».
42. Ularning orasida sizga quloq tutadiganlari ham bor (ammo garang
odamdek, hech narsa anglamaydilar). Axir siz, agar o‘zlari aql yurgizmasalar,
Do'stlaringiz bilan baham: |