17. Axir Alloh sha’niga bo‘hton qilgan yoki Uning oyatlarini yolg‘on degan
kimsadan ham zolimroq kim bor?! Albatta (bunday) jinoyatchi kimsalar najot
topmaslar.
18. Ular Allohni qo‘yib, o‘zlariga ziyon ham, foyda ham yetkaza olmaydigan
narsalarga ibodat qiladilar va: «Ana shu narsalar Alloh huzurida bizlarning
oqlovchilarimiz», deydilar. Ayting: «Allohga osmonlar va yerdagi U zot
bilmaydigan narsalarni (sheriklarni) bildirib qo‘ymoqchimisizlar?!» Alloh
ularning (mushriklarning) shirklaridan pok va yuksak bo‘lgan zotdir.
19. (Avvalda) odamlar faqat bir millat (ya’ni, bir dinda) bo‘lgan edilar. So‘ngra
bo‘linib ketdilar. Agar Parvardigoringiz tomonidan (yaxshi-yomon amallarning
mukofot-jazolari faqat qiyomatda bo‘lishi xususida) So‘z bo‘lmaganida edi,
Do'stlaringiz bilan baham: |