108. (Ey Muhammad), hech qachon u masjidda namozga turmang! Birinchi
kundan taqvo asosiga qurilgan masjid borki, siz o‘shanda turishingiz loyiqroq.
Unda poklikni sevadigan kishilar bordir. Alloh esa o‘zlarini mudom pok
tutguvchi zotlarni sevar.
109. Bas, bu binolarini Allohdan qo‘rqish va Uning rizoligi asosiga qurgan kishi
yaxshiroqmi yoki binolariga yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib olib, shu
sababli o‘zi ham jahannam o‘tiga qulagan kimsami?! Alloh bunday zolim
qavmni hidoyat qilmas.
110. Qurgan binolarining (buzib tashlanishi) ularning ko‘ngillarida shak-
shubha bo‘lib qolur. Magar yuraklari yorilib — jonlari chiqib ketsagina (shak-
shubha ham yo‘q bo‘lur). Alloh bilim va hikmat sohibidir.
I z o h .
Payg‘ambar alayhis-salomning farmonlari bilan ular qurgan masjid buzib
tashlanadi. Shundan keyin uni qurgan munofiqlar to o‘lgunlaricha musulmonlarga
nisbatan g‘araz bilan o‘tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |