mollarini nohaq (yo‘l) bilan yeydilar va Allohning yo‘lidan to‘sadilar. Oltin-
kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan kimsalarga alamli
azob «xushxabarini» yetkazing!
I z o h .
Bu oyatlarda odamlarning pul-mollarini talon-toroj qiladigan yahudiy
donishmandlari va nasroniy rohiblari bilan birgalikda musulmonlarning orasidagi ayrim
boylikka mukkasidan ketgan va to‘plagan mol-dunyolarining zakotini bermaydigan
kimsalar ham ashaddiy azobga duchor bo‘lishlari bayon qilingandir.
35. U kunda (qiyomatda) o‘sha (oltin-kumushni) jahannam o‘tida qizitilib,
o‘sha bilan ularning peshonalari, yonlari va ketlariga tamg‘a bosilib: «Mana bu
o‘zlaringiz uchun to‘plagan narsalaringizdir. Endi to‘plab-bosgan
narsalaringizning mazasini totib ko‘ringlar» (deyilur).
Do'stlaringiz bilan baham: |