58. Agar (o‘rtalaringizda ahd-paymon bo‘lgan) biron qavm tarafidan xiyonatni
sezsangiz, ularga (qilgan ahd-paymonlarini) bab-barobar qilib tashlang (ya’ni,
o‘rtalaringizdagi ahd-paymon tugaganini har ikki taraf ham bilsin). Albatta,
Alloh xiyonatkor kimsalarni sevmas.
59. Kofir bo‘lgan kimsalar ustun keldik, deb hisoblamasinlar, ular Allohni ojiz
qila olmaydilar. (Albatta, ular Allohdan qilmishlariga yarasha jazo olurlar).
60. (Ey mo‘minlar), ular uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni
tayyorlab qo‘yingizki, bu bilan Allohning va o‘zlaringizning dushmanlaringizni
hamda ulardan tashqari sizlar bilmaydigan — Alloh biladigan boshqa birovlarni
ham qo‘rquvga solursizlar. Alloh yo‘lida nimani sarf qilsangiz, sizlarga zulm
qilinmagan holda komil qilib qaytarilur.
Do'stlaringiz bilan baham: |