so‘rang! Albatta, U eshituvchi, bilguvchidir.
201. Taqvo qilguvchi zotlarni qachon shayton tomonidan biron vasvasa
ushlasa, (Allohni) eslaydilar, bas (to‘g‘ri yo‘lni) ko‘ra boshlaydilar.
202. Ularning (shaytonlarning) do‘stlari esa yo‘ldan ozdirishda ularga
(shaytonlarga) yordam beradilar, so‘ng (bu ig‘volarini) to‘xtatmaydilar.
203. Qachon ularga biron oyat keltirmasangiz, «O’zing to‘qiy qolmaysanmi?»
deyishadi. Ayting: “Men faqat Parvardigorimdan kelgan vahiygagana
ergashurman. Bu (Qur’on) iymon keltiradigan kavm uchun Parvardigoringiz
tarafidan ko‘rsatma, hidoyat va rahmatdir».
204. Qachonki Qur’on qiroat qilinsa, unga quloq tutingiz va jim turingiz —
shoyad (Alloh tarafidan) rahmatga sazovor bo‘lsangizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |