chopayotganlarini ko‘rasiz. Qilayotgan ishlari naqadar yomon ish!
63. Olim va donishmandlari ularni gunoh so‘zlardan, haromxo‘rlikdan
qaytarmaydilarmi?! Qilayotgan hunarlari naqadar yomon hunar.
64. Yahudiylar: «Allohning qo‘li bog‘liq (ya’ni baxil)», dedilar.— O’zlarining
qo‘llari bog‘lanib qolgay va aytgan gaplari bilan la’natga uchragaylar.— Yo‘q! U
zotning qo‘llari ochiqdir va O’zi istagandek infoq-ehson qilur. Sizga
Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsa (Qur’on) ulardan ko‘plariga
tug‘yon va kufrni ziyoda qilishi shubhasizdir. Ularning oralariga to qiyomat
kunigacha ketadigan bug‘zu adovatni tashlab qo‘yganmiz. Ular qachon (Sizga
qarshi) urush olovini yoqsalar, Alloh uni o‘chirur. Ular yerda buzg‘unchilik qilib
yururlar. Alloh esa buzg‘unchi kimsalarni sevmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |