146. Qanchadan-qancha payg‘ambarlar o‘tganki, ular bilan birgalikda ko‘pdan-
ko‘p xudojo‘ylar jang qilganlar. Hamda Alloh yo‘lida o‘zlariga yetgan
mashaqqatlar sababli sustkashlik — zaiflik qilmaganlar va (dushmanlariga)
bo‘yin egmaganlar. Alloh mana shunday sabr qilguvchilarni sevadi.
147. Ularning aytgan gaplari faqat shundan iborat edi: «Parvardigoro,
gunohlarimizni va ishlarimizdagi xatolarimizni mag‘firat ayla, qadamlarimizni
(jang maydonida) sobit qil va bu kofir qavm ustiga O’zing bizni g‘olib qil!»
148. Bas, Alloh ularga ham bu dunyo savobini (g‘alaba va mol-davlatni) va ham
oxiratdagi go‘zal ajrni (jannatni) ato qildi. Alloh chiroyli amal qilguvchilarni
sevadi.
149. Ey mo‘minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizlarni ortingizga (kufrga)
Do'stlaringiz bilan baham: |