128. (Ey Muhammad), Siz uchun bu ishda (ya’ni bandalarga najot berish yoki
ularni halok qilish ishida) hech bir narsa (yani inon-ixtiyor) yo‘qdir. (Allohning
o‘zi) yo ularning tavbalarini qabul qilar yoki zolimliklari sababli azoblar.
I z o h .
Bu oyat Uxud jangida payg‘ambar alayhis-salomning tishlari sinib, yuzlari
yorilganida u zot, «o‘z payg‘ambarlarining yuzini qonga bo‘yagan qavm qanday najot
topsin?» deya umidsizlikka tushganlarida nozil bo‘lgan.
129. Osmonlar va yerdagi bor narsa Allohnikidir. O’zi istagan kishining
gunohlarini mag‘firat qilur. Uzi istagan kimsani azoblar. Alloh mag‘firatli,
mehribondir.
Qur’oni karim. Alouddin Mansur tarjimasi
www.ziyouz.com
kutubxonasi
53
Do'stlaringiz bilan baham: |