(tuyaning go‘shti bilan suti) dan boshqa barcha taomlar bani Isroil qavmiga
halol edi. (Ey, Muhammad), «Agar rosto‘y bo‘lsangizlar Tavrotni keltirib o‘qib
ko‘ringlar», deb ayting.
I z o h .
Ma’lumki, yahudiylar zulm va tajovuzkorlik yo‘lini tutganlaridan keyin Tangri
taolo ularga bir necha xil noz-ne’matlarni harom qildi. Lekin ular buni tan olmay,
«Mazkur narsalar asli Ibrohim zamonida ham harom edi», der edilar. Shuning uchun
musulmonlarga: «O’zinglar Ibrohimning dinidamiz deysizlar-u, u harom qilgan tuya
go‘shtini iste’mol qilasizlar», deb ta’na qilishganda yuqoridagi oyat iozil bo‘ldi. Aytishlari-
cha, shundan keyin birorta yahudiy Tavrotni olib kelib, undan Ibrohim payg‘ambarga
tuya go‘shti harom qilingani haqidagi oyatni topib bera olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |