79. Biror odam uchun Alloh unga Kitob, Hikmat va payg‘ambarlik berganidan
so‘ng, odamlarga: «Allohga emas, menga ibodat qilinglar», deyishi joiz emas,
balki ularga: «Allohning kitobini odamlarga ta’lim berib va o‘zingiz o‘qib-
o‘rganib, yolg‘iz Parvardigorga ibodat qiladigan kishilar bo‘linglar» (demog‘i
lozimdir).
I z o h .
Bu oyat ba’zi bir nasroniylarning: «Iso alayhis-salom bizni o‘ziga sajda qilishga
buyurgan», degan botil da’volariga raddiya tarzida nozil bo‘lgan.
80. U (payg‘ambar) sizlarni farishtalar va boshqa payg‘ambarlarni xudo qilib
olishingizga buyurishi ham joiz emas. Axir u sizlarni musulmon – Allohga
bo‘yinsunguvchi bo‘lganingizdan keyin kufr – dinsizlikka qaytishga
buyuradimi?! Eslang (ey ahli kitob), Alloh barcha payg‘ambarlardan: «Men
Do'stlaringiz bilan baham: |