176. Daraxtzor egalari (ya’ni Shu’ayb payg‘ambar qavmi) payg‘ambarlarni
yolg‘onchi qildilar.
177. O’shanda ularga Shu’ayb aytgan edi: (Allohdan) qo‘rqmaysizlarmi?!
178. Albatta men sizlar uchun ishonchli payg‘ambardirman.
179. Bas Allohdan qo‘rqinglar va menga itoat etinglar!
180. Men bu (da’vatim) uchun sizlardan ajr-mukofot so‘ramayman. Mening ajr-
mukofotim faqat barcha olamlarning Parvardigori zimmasidadir.
181. O’lchovni to‘la o‘lchanglar va kamaytirib (tortguvchilardan) bo‘lmanglar!
182. Va to‘g‘ri tarozi bilan tortinglar!
183. Odamlarga narsalarini kamaytirib bermanglar va yer yuzida buzg‘unchilik
qilib sanqib yurmanglar!
Do'stlaringiz bilan baham: |