Poklikni istagan cho‘rilaringizni hayoti dunyo narsalarini istab zinokorlik
qilishga majburlamanglar. Endi kim ularni majbur etsa, bas, albatta Alloh
majburlaganlaridan so‘ng (u cho‘rilarni) mag‘firat qilguvchi va (ularga) rahm-
shafqat qilguvchidir.
I z o h .
Bu oyatning ikkinchi qismi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul degan munofiq haqida
nozil bo‘lgandir. U pul-mol topish uchun o‘zining ikki cho‘risini zinokorlik qilishga
majburlaydi. Ular payg‘ambar alayhis-salom huzurlariga u munofiqning ustidan shikoyat
qilib kelganlarida Alloh taolo O’z payg‘ambariga yuqoridagi oyatlarni nozil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |