8. U (ayoldan) azob-jazoni «U (ya’ni eri) shak-shubhasiz yolg‘onchilardan»,
deb Alloh nomiga to‘rt marta guvohlik berishi daf’ qilur.
9. (U ayolning) beshinchi (guvohligi esa agar eri) rostgo‘ylardan bo‘lsa,
o‘zining ustiga Allohning g‘azabi tushishini so‘ramoqligidir.
10. Agar sizlarga Allohning fazlu-marxamat bo‘lmasa va Alloh tavbalarni qabul
qilguvchi, hikmat sohibi bo‘lmasa edi (albatta yo er, yo xotin sharmanda
qilingan bo‘lur edi).
11. Shak-shubhasiz bu bo‘htonni (vujudga) keltirgan kimsalar o‘zlaringizdan
bo‘lgan bir to‘dadir. Uni sizlar o‘zlaringiz uchun yomonlik deb o‘ylamanglar,
balki u sizlar uchun yaxshilikdir Ulardan (ya’ni bo‘htonchilardan) har bir kishi
uchun o‘zi kasb qilgan gunoh(ga yarasha jazo) bordir. Ularning orasidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |