Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet54/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(Bu) Haq (So'z) Rabbingizdandir. Bas, shubha qiluvchilardan bo'lmang!




  1. Sizga kelgan shu (haqqoniy) bilimdan keyin (nasroniylardan) kim Siz bilan (Iso) to'g'risida bahslashmoqchi bo'lsa, (unday kimsalarga) ayting: "Kelinglar, o'g'illarimiz bilan o'g'illaringizni, xotinlarimiz bilan xotinlaringizni, o'zimiz bilan o'zlaringizni chorlab, so'ng (birgalikda) iltijo qilamiz, bas, yolg'onchilarga Alloh la'natini tilaymiz".



Izoh:"Madorik" tafsirida aytilishicha, Nijron qabilasining yepiskopi Oqib boshchiligida nasroniylar uchrashuv belgilangan joyga yaqinlashganlarida payg'ambarimiz nabiralari - Hasan, Husan va Fotima qizlari bilan kelayotganini ko'rishadi. Shunda Oqib o'z izdoshlariga: "Ey, nasroniylar jamoasi! Ortingizga qaytaveringiz!
Men biz bilan bahslashish uchun kelayotgan shunday zotlarni ko'rayapmanki, ular agar Allohdan tog'ni ko'chirishni so'rasalar ham ijobat bo'lur", - deb qaytib ketishgan ekan.



  1. Albatta, bu rost qissadir. Allohdan o'zga iloh yo'q. Allohning O'zigina qudrat va hikmat egasidir.




  1. (Shunda ham) agar yuz o'girsalar, albatta, Alloh buzg'unchilarni (yaxshi) biluvchidir.




  1. Ayting (ey, Muhammad): "Ey, kitob ahli (yahudiylar va nasroniylar), biz bilan sizning o'rtamizda (ahamiyati) barobar bo'lgan bir so'zga kelingiz - yolg'iz Allohgagina ibodat qilaylik, Unga hech narsani sherik qilmaylik va Allohni qo'yib bir-birlarimizni iloh qilib olmaylik!" Agar (bu taklifdan) yuz o'girsalar, (sizlar ularga): "Guvoh bo'linglarki, biz musulmonlarmiz", - deb aytingiz!




  1. Ey, ahli kitoblar, nima uchun Ibrohim haqida (u bizning dinimizda bo'lgan deb) bahslashasizlar? Axir, Tavrot bilan Injil undan keyin nozil bo'lgan-ku! Aqlni ishlatmaysizmi?!




  1. Ey, siz (ahli kitoblar) - o'zingiz biladigan narsalar (Muso va Iso) haqida (bilib-bilmay) bahslashdingiz. Nega endi bilmagan narsangiz (Ibrohim dini) haqida bahslashasiz? Alloh bilur, sizlar esa bilmaysizlar.




  1. Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo'lmagan, balki to'g'ri yo'ldan toymagan (hanif) musulmon bo'lgan va mushriklardan bo'lmagan.




  1. Odamlar ichida Ibrohimga yaqinrog'i - unga ergashganlar, ushbu payg'ambar (Muhammad) va mo'minlardir. Alloh (esa) mo'minlarning do'stidir.




  1. Ahli kitoblardan bir toifasi sizlarni (to'g'ri yo'ldan) yanglishtirishni istaydilar. Lekin, o'zlari sezmagan holda faqat o'zlarinigina yanglishtiradilar.




  1. Ey, ahli kitoblar, nima uchun Allohning (Tavrotdagi Muhammad haqida kelgan) oyatlarini inkor etasiz, vaholanki, o'zlaringiz unga guvohsizlar?!




  1. Ey, ahli kitoblar, nima uchun o'zingiz bila turib haqni nohaqlikka aralashtirasiz va haqiqatni yashirasiz?!




  1. Ahli kitoblardan bir toifasi (bir-birlariga shunday) deyishdi: "Mo'minlarga nozil qilingan narsa (Qur'on)ga kunning boshida imon keltirib, oxirida uni inkor etinglar, shoyad (shunda) ular (ham imonlaridan) qaytsalar.



Izoh:Ya'ni sizlarga taqlid qilib ular ham o'z dinlaridan qaytsalar ajab emas, degan ma'noda bir-birlariga tavsiya etdilar. Bu qiblaning Ka'ba tomonga o'zgarishi xususida edi. Ahli kitoblar shu uslub bilan musulmonlarni chalg'itmoqchi bo'lganlar.

  1. Diningizga ergashganlardan boshqalarga ishonmangizlar". Ayting (ey, Muhammad): "To'g'ri yo'l - bu Allohning yo'li". (Ahli kitoblar davom etib dedilar): "Toki biror kishiga sizlarga berilgan ma'lumot berilmasin yoki Parvardigoringiz huzurida sizlar bilan hujjatlashib yurmasin". Ayting: "Albatta, fazl Allohning "qo'li"dadir. Uni xohlagan kishilariga berur. Alloh fazli keng, bilimdon zotdir.




  1. Rahmatini (payg'ambarlik yoki Islomni) O'zi xohlagan kishiga beradi. Alloh buyuk fazl egasidir.




  1. Ahli kitoblar orasida shundayi (ham) borki, unga katta miqdordagi pulni omonat bersang, senga (xiyonatsiz yana) qaytaradi. Lekin, shundayi (ham) borki, unga bir dinor (pul)ni omonat bersang, to ustida qattiq turib olmaguninggacha, senga qaytarib bermaydi. Buning sababi: "Omiylar (arab musulmonlar)ga bizga (darajamizga yetishga)cha yo'l bo'lsin", - deyishlaridir. Ular bila turib, Alloh haqida yolg'on gapiradilar.



Izoh:Bu oyat omonatga xiyonat qilmaydigan, keyinroq Islomga kirgan yahudiy Abdulloh ibn Salom hamda xiyonatkor Fanhos ibn Ozuro haqida nozil bo'lgan.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish