Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Osmonlar va Yer hukmdorligi Allohnikidir. Qiyomat qoyim bo'ladigan Kuni - ana o'sha Kunda



Download 0,82 Mb.
bet287/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Osmonlar va Yer hukmdorligi Allohnikidir. Qiyomat qoyim bo'ladigan Kuni - ana o'sha Kunda buzg'unchilar ziyon torturlar.




  1. (U Kunda) barcha ummatni (dahshat va iztirobdan) tiz cho'kkan holda ko'rursiz. Har bir ummat o'z nomai a'moliga chaqirilur, (so'ng ularga deyilur): "Bugun qilib o'tgan amallaringiz bilan jazolanursizlar.




  1. Mana bu kitobimiz (nomai a'molingiz) sizlarga haqiqatni aytur. Darhaqiqat, Biz sizlar qilib yurgan amallaringizni (ushbu nomai a'molga) ko'chirib yurar edik".




  1. Bas, imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar esa, ularni Parvardigor O'z. rahmati (jannati)ga doxil qilur. Bu aniq yutuqning o'zidir.




  1. Endi, kofir bo'lgan kimsalarga kelsak, (ularga aytilur): "Axir, sizlarga Mening oyatlarim tilovat qilingan emasmidi?! Bas, sizlar kibrlandingizlar va jinoyatchi qavm bo'ldingizlar"




  1. Qachonki, (sizlarga:) "Darhaqiqat, Allohning va'dasi rostdir, Qiyomat shubhasiz (keluvchi)dir", - deyilsa, sizlar: "Biz Qiyomat nima ekanini bilmaymiz, faqat gumon qilamiz, xolos. Biz (Qiyomat bo'lishiga) aniq ishonuvchi emasmiz", - dedingizlar.

YIGIRMA OLTINCHI JUZ’
*************************



  1. (Mana endi) ularga qilib o'tgan yomonliklari fosh bo'ldi va o'zlari masxara qilib yurgan (azob)lari ularni o'rab oldi.




  1. (Ularga) deyiladi: "Sizlar mana shu kuningizdagi uchrashuvni unutganingizdek, Biz ham bugun sizlarni "unuturmiz". Sizlarning joyingiz do'zaxdir va sizlar uchun (azobdan qutqaruvchi) yordamchilar ham yo'qdir.




  1. Bunga sabab - sizlar Allohning oyatlarini masxara qilib olgan edingizlar va sizlarni dunyo hayoti aldab qo'ygan edi. " Bas, ular bugun undan (do'zaxdan) chiqarilmaslar va ulardan (yaxshi amallarga) qaytishga ham imkoniyat berilmas.




  1. Bas, osmonlar Parvardigori, Yer Parvardigori, (butun) olamlar Parvardigori - Allohga hamd!




  1. Osmonlar va Yerdagi barcha buyuklik yolg'iz Unikidir! U qudratli va hikmatli zotdir.

AHQOF SURASI

"Ahqof" so'zining ma'nosi qumtepalar demakdir. Surada payg'ambarlardan Hud (a. s.)ning Yaman qumtepaliklarida yashovchi Od qabilasi bilan o'rtalarida o'tgan mojarolar, ularning Alloh tomonidan jazolanishlari, Muhammad (a. s.)ning o'z ummatlarining baxt-saodati yo'lida chekkan jafolari va boshqa muhim ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Ho, Mim.




  1. (Bu Qur'on) qudratli va hikmatli Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir.




  1. Biz osmonlar va Yerni hamda ularning o'rtasidagi narsalarni faqat haq (hikmat) va (qiyomatgacha deb) belgilangan muddat bilan yaratdik. Kofir bo'lgan kimsalar esa o'zlari ogohlantirilgan narsadan yuz o'giruvchidirlar.




  1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Sizlar Allohni qo'yib iltijo qilayotgan narsa (butlaringiz) haqida xabar beringiz - menga ko'rsatinglarchi, ular yerdan nimani yaratganlar?! Yoki ular uchun osmonlar(ni yaratish)da sheriklik bormi?! Agar rostgo'y bo'lsangizlar, menga ushbu (Qur'on)dan ilgari (nozil bo'lgan) biror kitobni yoki biror ilmiy asarni (hujjatni) keltiringlar!"




  1. Allohni qo'yib, Qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan kim ham adashganroqdir?! Holbuki, u (jonsiz but)lar o'sha (mushrik)larning duolaridan g'ofildirlar.




  1. (Qiyomat kuni) insonlar (hisobot uchun) jam qilinganda, o'sha (butlar) ularga (mushriklarga) dushman va ularning ibodat qilganlarini ham inkor etuvchi bo'lurlar!




  1. Qachon ularga Bizning oyatlarimiz bayon etuvchi holida tilovat qilinsa, kofir bo'lgan kimsalar Haq (Qur'on) to'g'risida u o'zlariga kelgan vaqtidayoq: "Bu aniq sehrdir", - dedilar.




  1. Yoki ular: ("Qur'onni Muhammadning) o'zi to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "Agar uni o'zim to'qigan bo'lsam, u holda, sizlar men uchun Alloh (azobi)dan biror narsa(ni daf qilish)ga ega bo'la olmassizlar. U sizlar ko'pirtirayotgan narsani (uydirma gaplaringizni) juda yaxshi biluvchidir. Uning O'zi men bilan sizlarning o'rtangizda yetarli guvohdir. U mag'firatli va rahmli zotdir".




  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Men payg'ambarlarning yangisi (birinchisi) emasman. Men (kelajakda) na o'zimga va na sizlarga nima qilinishini bilmasman. Men faqat o'zimga vahiy qilinadigan narsaga ergashurman. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman".




  1. Ayting: "(Ey, mushriklar,) xabar beringiz-chi, agar (ushbu Qur'on) Allohning huzuridan bo'lsa-yu, sizlar unga kofir bo'lsangizlar va Isroil avlodidan bo'lgan bir guvoh ham u (Qur'on)ning o'xshashiga guvohlik berib, imon keltirsa-yu, sizlar (imon keltirmay) kibr qilganlaringiz nimasi?! Albatta, Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmas".




  1. Kofir bo'lganlar imon keltirganlar haqida: "Agar (bu Qur'on) yaxshi bo'lganida (anavi yalangoyoqlar) unga bizlardan ilgari bormagan bo'lur edilar", - dedilar. Ular o'zlari u (Qur'on) bilan hidoyat topishmagach: "Bu eski uydirmadir", - derlar.




  1. U (Qur'on)dan ilgari Musoning peshvo va rahmat bo'lmish Kitobi (Tavrot) bor edi. Bu. (Qur'on) arabiy lisondagi (oldingi ilohiy kitoblarni) tasdiqlovchi bir Kitobdir. U zolim (kofir) bo'lganlarni (oxirat

azobidan) ogohlantirish va ezgulik qiluvchilarga (jannat haqida) bashorat sifatida (nozil qilingandir).




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish