O'zlarini, Sizga nozil qilingan (Qur'on) va Sizdan oldin nozil qilingan (ilohiy kitoblar)ga imon keltirgan, deb hisoblaydiganlarning hukm so'rab, Tog'ut (shayton) huzuriga borishni xohlayotganlarini ko'rmadingizmi? Vaholanki, uni inkor etishlikka buyurilgan edilar. Shayton esa, ularni (to'g'ri yo'ldan) uzoq (muddat) adashtirishni xohlaydi.
Ularga: "Alloh nozil etgan (Qur'on) va Payg'ambar (so'zlarini muzokara qilish)ga kelingizlar", - deyilsa, munofiqlarning Sizdan (qochib) teskari qarab ketishlarini ko'rasiz.
O'z qilmishlari tufayli boshlariga biror musibat tushgandan keyin, Sizga kelib: "Biz faqat yaxshilikni va o'rtani isloh etishni xohlagan edik", - deb, Alloh (nomi) bilan qasam ichganlarida qanday (bahona) bo'larkin?!
Ana o'shalarning dillaridagi (nifoq)ni Alloh bilur. Bas, Siz ulardan yuz o'giring va ularga nasihat qiling hamda o'zlari haqida yetuk so'z ayting!
Qaysi bir payg'ambarni yuborgan bo'lsak, Allohning izni bilan unga itoat qilinishi uchun (yuborganmiz). Agar ular o'zlariga zulm qilgach, darhol Sizga kelishib, Allohdan kechirim so'raganlarida va Payg'ambar ham ular uchun kechirim so'raganda, Allohni kechiruvchi va rahm- shafqatli topgan bo'lur edilar.
Bas, Rabbingiz haqqi, ular o'rtalaridan chiqqan nizolarga Sizni hakam qilmagunlaricha va so'ngra chiqargan hukmingizdan dillarida tanglik sezmay, to'la taslim bo'lmagunlaricha, zinhor imon keltirmagaylar.
Do'stlaringiz bilan baham: |