Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet334/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Albatta, taqvodorlar uchun Parvardigorlari huzurida ne'mat bog'lari bordir.




  1. Axir, Biz musulmonlarni jinoyatchi (kofir)larga barobar qilarmidik?!




  1. (Ey, mushriklar,) sizlarga ne bo'ldi? Qanaqa hukm chiqarmoqdasizlar?!

  2. Yoki sizlarda (osmondan tushirilgan) biror kitob bo'lib, undan o'rganayapsizlarmi?!




  1. Unda sizlar uchun o'zlaringiz xohlagan narsa bormi?!




  1. Yoki sizlar uchun Bizning zimmamizda: "O'zlaringiz hukm qilgan narsa sizlarniki bo'lur", - degan to qiyomat kunigacha yetuvchi qasamlar (ahd-paymonlar) bormi?!




  1. (Ey, Muhammad,) ulardan so'rang-chi, qaysilari bunga (da'volarining haq ekanligiga) kafil bo'la olar ekanlar?!




  1. Yoki ularning sheriklari bormi?! U holda rostgo'y bo'lsalar, o'sha sheriklarini keltirsinlar!




  1. "Boldirlar ochiladigan" (ishlar mushkillashadigan) va sajda qilishga chorlanishganda, (sajdaga) kuchlari yetmay qoladigan Kunni (eslang)!




  1. (O'shanda) ko'zlari quyida va ularni xorlik egallagan holda bo'lurlar. Ular sog'lom bo'lgan hollarida sajda qilishga chorlanar edilar (ammo undan bosh tortar edilar).




  1. Bas, (ey, Muhammad,) ushbu So'zni (Qur'onni) yolg'onga chiqaradigan kimsalarni Menga qo'yib bering! Yaqinda Biz ularni o'zlari bilmaydigan (sezmaydigan) tomondan darajama-daraja tutgaymiz (halokatga duchor qilajakmiz)!




  1. Men ularga muhlat berib turaman. Zero, Mening "makrim" juda qattiqdir.




  1. Yoki Siz (ey, Muhammad, da'vatingiz uchun), ulardan haq so'rayapsiz-u, ular qarzdan og'irsinayaptilarmi?!




  1. Yoki ularni huzurlarida g'ayb (Lavhul-Mahfuz) bor-u, ular (aytayotgan so'zlarini o'shandan) yozib olyaptilarmi?!




  1. Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizning hukmiga sabr qiling va nahang (baliq) sohibi (Yunus payg'ambar) kabi (betoqat) bo'lmang! Qaysiki, u (baliq qornida turib) g'amga to'lgan holda (Parvardigorga) nido qilgan edi.




  1. Agar unga Parvardigori (tomoni)dan ne'mat yetmaganida, albatta, qoralangan holida quruqlikka uloqtirilgan bo'lur edi.




  1. Bas, Parvardigori uni (qaytadan payg'ambarlikka) tanlab, solih (payg'ambar)lardan qildi.




  1. Albatta, kofir bo'lgan kimsalar Zikrni (Qur'onni) eshitgan vaqtlarida, Sizni ko'zlari bilan yiqitayozurlar va "albatta, u majnun", - derlar.




  1. Holbuki, u (Qur'on barcha) olamlar uchun eslatmadir.

AL-HAQQA SURASI

Al-hoqqa - haqiqatan ro'y beruvchi voqea, ya'ni qiyomat demakdir. Surada qiyomat manzarasi, uning boshlanishida ro'y beradigan hodisalar. Nomai a'mollarni o'ng yoki chap tomondan berilishi, Muhammad (a. s.)ning haq payg'ambar ekanining tasdig'i, Qur'oni karimning buyuk ilohiy kitob ekanligi va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. (U) haqiqatan ro'y beruvchidir.




  1. (O'sha) haqiqatan ro'y beruvchi nimadir?




  1. (Ey, Muhammad,) haqiqatan ro'y beruvchining nima ekanini qayerdan (ham) bilar edingiz?! (U qiyomatdir. )




  1. Samud va Od (qabilalari) qattiq zarba beruvchi (Qiyomat kuni)ni inkor etdilar.




  1. Bas, Samud (qabilasi) haddan tashqari narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar.




  1. Od (qabilasi) esa, dahshatli, quturgan bo'ron bilan halok qilindilar.




  1. U (bo'ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hukmron qilib qo'ydiki, endi u joydagi qavmni (chirib) ichi bo'shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab halok bo'lib yotganlarini ko'rasiz.




  1. Bas, ulardan (biror) asoratni ko'rayapsizmi?! (Aslo, ularning barchalari halok bo'lib bitdilar).




  1. Fir'avn ham, undan avvalgi o'tgan (dinsiz)lar ham, ostin-ustun bo'lgan qishloqlar (Lut qavmining qishloqlari) ham xato ish qildilar.




  1. Bas, ular Parvardigorlarining payg'ambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni o'ta qattiq ushlash bilan ushladi (qattiq azobladi).




  1. Darvoqe, Biz suv tug'yonga ketgan vaqtida sizlarni (Nuh payg'ambar yasagan) kemada ko'tardik.




  1. Biz buni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishlari uchun (qildik).




  1. Bas, qachonki, sur bir bor chalinganida,




  1. Yer va tog'lar (o'z joylaridan) ko'tarilib, (bir-birlariga) bir bor urilganda,




  1. ana o'sha kunda Voqea sodir bo'lur (Qiyomat qoyim bo'lur)!




  1. Osmonlar ham yorilur. Chunki, (osmon) u Kunda zaif bo'lib qolur.




  1. Farishtalar esa (osmon) atrofida (Allohning amriga muntazir bo'lib) tururlar. Ularning ustida Rabbingiz Arshini u Kunda sakkiz (farishta) ko'tarib turur.




  1. O'sha Kunda sizlar (hisobot uchun Allohga) ko'ndalang qilinursizlar, sizlarning biror siringiz maxfiy qolmas.

  2. Bas, o'z kitobi (nomai a'moli) o'ng tomonidan berilgan kishi aytur: "Mana, mening kitobimni o'qinglar.




  1. Darhaqiqat, men hisobotimga ro'baro' bo'lishimni bilar edim", - der.




  1. Bas, u qoniqarli maishatda,




  1. oliy jannatda,




  1. mevalari yaqin (joyda) bo'lur.




  1. (Jannat ahliga): "O'tgan kunlarda (dunyoda) qilib o'tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu noz- ne'matlarni) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar" (deyilur).




  1. Endi, kitobi chap tomonidan berilgan kimsa esa der: "Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa,




  1. va hisob-kitobim qanday bo'lishini bilmasam!




  1. Eh, qaniydi, o'sha (birinchi o'limim hamma ishni) tugatuvchi bo'lsa!




  1. Menga mol-mulk ham asqotmadi.




  1. Saltanatim ham halok bo'lib ketdi".




  1. "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar!




  1. So'ngra uni olovda toblanglar!




  1. So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!"




  1. Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi.




  1. Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi.




  1. Bas, bugun bu yerda unga biror do'st yo'qdir.




  1. Yiringdan boshqa biror taom ham yo'qdir.




  1. Uni esa faqat xatoga (kufrga) ketganlargina yegaylar.




  1. Qasamyod etaman, sizlar ko'radigan narsalarga




  1. va sizlar ko'rmaydigan narsalargaki,




  1. u (Qur'on), albatta, mukarram Payg'ambarning (Alloh nomidan aytgan) so'zidir!




  1. U biror shoirning so'zi emasdir. Sizlar (ushbu Qur'onga) kamdan-kam imon keltirursizlar.




  1. (U) biror kohin (folbin)ning so'zi ham emasdir. Sizlar kamdan-kam eslatma olursizlar.




  1. (U barcha) olamlar Parvardigori (tomoni)dan nozil qilingan (Kitob)dir.

  2. Agar (payg'ambar) Bizning nomimizdan (Biz aytmagan) ba'zi so'zlarni to'qib aytganda edi,




  1. albatta, Biz uning o'ng qo'lidan tutgan,




  1. so'ngra uning shohtomirini uzib tashlagan bo'lur edik.




  1. U holda sizlardan biror kishi undan (payg'ambardan halokatni) to'sa oluvchi bo'lmas edi.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish