Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet284/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Fir'avn o'z qavmiga jar solib dedi: "Ey, qavmim, Misr podshohligi va mana bu ostimdan oqib turgan daryolar meniki emasmi?! Axir, ko'rayapsizlarmi?!




  1. Yoki mana bu hozir (maqsadini) ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan (Musodan) men yaxshiroq emasmanmi?!




  1. Bas, unga (Musoga) oltin bilaguzuklar tashlanganida edi yoki u bilan birga farishtalar hamroh bo'lib kelganida edi!"




  1. Bas, u o'z qavmini tezlatgan edi, ular unga itoat etdilar. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar.




  1. Bas, qachonki, ular g'azabimizni keltirishgach, Biz ulardan intiqom oldik - barchalarini (dengizga) g'arq qilib yubordik.




  1. Bas, ularni keyingilar uchun o'tmish (ibrat) va masal qilib qo'ydik.




  1. (Ey, Muhammad,) qachonki, Maryam o'g'li (Iso) misol keltirilsa, birdaniga qavmingiz (bundan shodlanib) qichqira boshlaydilar.




  1. Ular: "Bizlarning ilohlarimiz yaxshiroqmi yoki umi?!"- deydilar. Ular (bu misolni). Sizga faqat tortishish uchungina keltiradilar. Aslida, ular xusumatchi (urushqoq) qavmdirlar.




  1. U faqatgina Biz (payg'ambarlik) in'om etgan bir bandadir. Biz uni (otasiz yaratish bilan) Isroil avlodi uchun bir misol (ibrat) qildik.




  1. Agar xohlaganimizda, albatta, sizlarning o'rningizga yerda o'rinbosarlikka farishtalarni (paydo) qilgan bo'lar edik.




  1. Albatta, (Iso) Qiyomat haqidagi ilm (alomat)dir. Bas, sizlar u (Qiyomat) haqida sira shubha qilmangiz! (Ey, Muhammad, Makka ahliga ayting): "Menga ergashinglar! Mana shu To'g'ri yo'ldir.



Izoh: Islom aqidasida Iso (a. s.)ning qiyomat qoyim bo'lishi arafasida osmondan Yer yuziga nozil bo'lishi va 40 yil Islom shariati bo'yicha hukm aytishi To'g'risida alohida bir band bor. Bu aqidaning dalili sifatida ushbu oyat va boshqa hadisi shariflarni keltirganlar. Ulug' sahobalardan Abdulloh ibn Abbos va Qatododan mazkur rivoyat naql qilingandir.



  1. Sizlarni shayton (Allohning dinidan) sira to'smasin! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir.




  1. Qachonki, Iso hujjatlarni keltirgach, dedi: "Mana men sizlarga Hikmat (Injil) bilan, sizlarga o'zlaringiz ixtilof qilayotgan ayrim narsalarni bayon qilib berish uchun keldim. Bas, Allohdan qo'rqingiz va menga itoat etingiz!




  1. Albatta, Allohning O'zi Rabbim va Rabbingizdir, bas, Unga ibodat qilingiz! Mana shu To'g'ri yo'ldir".




  1. So'ngra (nasroniylar ichidan chiqqan) firqalar (Iso xususida) o'zaro ixtilof qildilar. Bas, (u) zolimlarga alamli kun (qiyomat) azobi - halokat bo'lgay!




  1. Ular faqat o'zlari sezmagan hollarida Qiyomat to'satdan kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.




  1. U kunda taqvolilardan o'zga do'stlar bir-birlariga dushmandirlar.




  1. (U kunda taqvolilarga aytilur:) "Ey, bandalarim, bu Kunda sizlarga xavf yo'qdir va sizlar aslo g'am chekmaysizlar.




  1. (Sizlar) oyatlarimizga imon keltirgan va musulmon bo'lgansizlar.




  1. Xotinlaringiz bilan birga mamnunlik hollaringizda jannatga kiringiz!"




  1. Ularga oltin laganlar(da taomlar) va qadahlar(da sharoblar) aylantirilur. U joyda ko'ngillar tilaydigan va ko'zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursizlar.




  1. Qilib o'tgan amallaringiz bilan sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir.




  1. Sizlar uchun u joyda ko'plab meva(lar) bo'lib, sizlar ulardan yegaysizlar.




  1. Albatta, jinoyatchilar (kofirlar) jahannam azobida mangu qoluvchidirlar.




  1. Ulardan (azob) yengillatilmas va ular unda butunlay noumiddirlar.




  1. Ularga Biz zulm qilmadik, lekin o'zlari zulm qiluvchi bo'ldilar.




  1. Ular (do'zax farishtasiga): "Ey, Molik, Parvardigoring bizlarga O'z hukmini qilsin (jonimizni olsin)",

  • deb nido qilganlarida, u (farishta): "Sizlar (shu azobda mangu) qoluvchidirsizlar", - deydi.




  1. Biz sizlarga Haq (Qur'on)ni keltirdik, lekin sizlarning ko'plaringiz Haqni yomon ko'ruvchidirsizlar.




  1. Yoki ular (ya'ni, Makka mushriklari) biror ishga qaror qildilarmi?! Bas, albatta, Biz ham qaror qiluvchidirmiz.




  1. Balki ularning gumonlaricha, Biz ularning sirlarini (bilmasmiz) va pichirlashuvlarini eshitmasmiz?! Yo'q! Bizning elchilarimiz (farishtalar) ularning oldilarida (qilgan ishlarini) yozib tururlar.




  1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Agar Rahmonning farzandi bo'lganida men (u bolaga) ibodat qiluvchilarning birinchisi bo'lur edim".




  1. Osmonlar va Yerning Parvardigori va Arsh egasi (bo'lmish Alloh) ular sifatlayotgan narsa (ayblar)dan pokdir.




  1. Bas, Siz ularni tark qiling! Ular, to o'zlariga va'da qilingan Kunga ro'baro' bo'lgunlaricha, (gunoh loyiga) botib, o'ynab yuraversinlar!




  1. U (Alloh) osmonda ham iloh, yerda ham ilohdir. U hikmat va ilm egasidir.




  1. Osmonlar va Yer hamda ularning o'rtasidagi narsalarning hukmronligiga ega bo'lgan zot barakotlidir. Qiyomat ilmi ham yolg'iz Uning huzuridadir va Ungagina qaytarilursizlar.




  1. (Allohni) qo'yib sig'inayotgan narsalari (Qiyomat kuni) shafoat qilishga ega bo'la olmas, illo o'zlari bilgan hollarida haqqoniy guvohlik bergan kishilargina (shafoat qilishga izn olurlar).




  1. (Ey, Muhammad,) qasamki, agar ulardan o'zlarini kim yaratgani haqida so'rasangiz, albatta, ular:

"Alloh", - derlar. Bas, qayoqqa burilib ketmoqdalar?!



  1. (Alloh o'z rasulining): "Ey, Rabbim, darhaqiqat, ana ular imon keltirmaydigan qavmdir", - deganini ham (bilur).




  1. Bas, (Ey, Muhammad,) ulardan yuz o'giring va "Salomatlik bo'lsin" deng! Bas, ular yaqinda (haqiqatni) bilib olajaklar.

DUXON SURASI

Duxon-tutun. Suraning 10-oyatida tutun haqida so'z yuritilgan.


Surada Makka mushriklarining musulmonlarga, xususan Rasul (a. s.)ga bergan aziyatlari va Allohning ularga kelajakda azob-uqubatlar bo'lishligi To'g'risida ogohlantirishlar, shuningdek, Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasidagi mojarolar va boshqa ma'lumotlar bayon etilgan.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. Ho, Mim.




  1. Aniq Kitob (Qur'on)ga qasamki,




  1. albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Darhaqiqat, Biz ogohlantiruvchidirmiz.



Izoh: Muborak kecha - bu Laylatul-qadr kechasi. Hadislarda kelgan ma'lumotlarga qaraganda, "Qadr kechasi" Ramazon oyining 26-dan 27-ga o'tar kechasi ekanligi ma'lum bo'ladi. Ushbu suraning 4-oyatida va Qadr surasining 4-oyatida berilgan ilohiy bashoratlarga qaraganda, shu qadr kechasida kelgusi yilning shu kechasiga qadar yuz beradigan barcha ishlar o'lchab-hisoblanib qo'yilar ekan.



  1. U (kecha)da barcha hikmatli ish(lar) ajrim qilinur.




  1. (U ishlar) Bizning huzurimizdan bo'lgan ishlardir. Darhaqiqat, Biz (payg'ambar) yuboruvchidirmiz.




  1. Bu Rabbingiz (tomoni)dan rahmatdir. Albatta, Uning O'zi eshituvchi va biluvchidir.




  1. Agar (chindan) ishonuvchi bo'lsangizlar, (Rabbingiz) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi bor narsalarning ham Parvardigoridir.




  1. Undan o'zga iloh yo'qdir. (U) o'ldiradi va tiriltiradi. Sizlarning Parvardigoringiz ham, avvalgi ota- bobolaringizning Parvardigori ham (Uning O'zidir).




  1. Yo'q, ular (hali ham) shak ichra (masxara qilib) o'ynarlar.




  1. Bas, (ey, Muhammad,) Siz osmon aniq tutunni keltiradigan Kunni kuting!




  1. U (tutun barcha) odamlarni o'rab olur. Bu alamli azobdir.



Izoh: Oyatdagi tutundan murod, Imom al-Buxoriy rivoyatlariga qaraganda, Makka mushriklarining yovuz qilmishlari evaziga qahatchilik va qurg'oqchilik bo'lib, yerdan ko'tariluvchi chang-to'zon bamisoli tutun bo'lib ko'rinishi haqida ogohlantirish, demakdir. Haqiqatan, xabar berilgan narsa ro'y bergani To'g'risida hadis va siyrat kitoblarida yozilgan.




  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish