Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet114/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(U) tong ottiruvchidir. Tunni oromgoh, quyosh va oyni esa hisob belgilari qilib qo'ydi. Bu qudratli va dono zotning o'lchovidir.




  1. U sizlar uchun quruqlik va dengiz qorong'uliklarida yo'l topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan zotdir. Biladigan kishilar uchun oyatlarni keng bayon qildik.




  1. U sizlarni bir jon (Odam Ato)dan paydo qilgan zotdir. Demak, (inson uchun ona qorni) qarorgoh va (ota pushti) omonatgoh (ekan). Fahmlaydigan qavm uchun oyatlar tafsilotini berdik.




  1. U osmondan suv (yomg'ir) tushirgan zotdir. U bilan har narsani (yerdan) undirib chiqardik. Undan yashil giyoh (poliz ekinlari)ni chiqardik. Undan (boshoq kabi) zich tarkibli donlarni chiqaramiz. Xurmodan esa, uning shoxidagi (meva) boshlari (yerga) yaqini (va yaqin bo'lmaganlari) bor. Shuningdek, uzumzor bog'lar, bir-biriga o'xshagan va o'xshamagan zaytun va anorlarni (chiqardik). Ularning mevalagandagi (g'o'r) mevasiga va pishganiga (ibrat ko'zi bilan) boqing! Shu (bilgan)laringizda, albatta, imonli qavmlar uchun alomatlar bordir.




  1. Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, ularni (O'zi) yaratgan. Bilmagan holda Unga o'g'il va qizlarni to'qib chiqardilar. U (Alloh) bular tavsif etayotgan (sifat)lardan pok va a'lodir.




  1. (U) osmonlar va Yerning ixtirochisidir. Uning yori (jufti) bo'lmagan bo'lsa, qayoqdan unga farzand bo'lsin?! Hamma narsani yaratdi. U hamma narsaning bilimdonidir.




  1. Ana o'sha Alloh Rabbingizdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U hamma narsaning yaratuvchisidir. Bas, Unga ibodat qilingizlar! U har narsa uzra vakil (kuzatuvchi)dir.




  1. Ko'zlar Uni idrok etmas. Ko'zlarni U idrok etar. U daqiq narsalarni biluvchi va (hamma ishdan) xabardordir.




  1. Rabbingizdan sizlarga dilkash dalillar keldi. Kimki (qalb ko'zi bilan) ko'ra olsa, o'ziga (yaxshi). Kimki ko'rlik qilsa, o'ziga (yomon)dir. Men ustilaringizda qo'riqchi emasman.




  1. Sizga (oldingi ilohiy kitoblardan) dars olib o'rgangandirsan, deyishlari uchun va biluvchi qavmga bayon qilib berishimiz uchun (bu) oyatlarni mana shunday tasarruf qilmoqdamiz.




  1. Rabbingizdan Sizga vahiy etilgan narsa (oyat)larga ergashing. Undan o'zga iloh yo'q. Mushriklardan (esa) chetlaning!




  1. Agar Alloh istasa, (ular) shirk keltirmagan bo'lur edilar. Sizni esa ular ustidan qo'riqchi qilib qo'yganimiz yo'q. Siz ularga muakkal (biriktirilgan) ham emassiz.




  1. Allohdan o'zgaga sig'inadiganlar (butlari)ni so'kmangiz! Aks holda, ular haddan oshib, bilmasdan Allohni so'kib yuboradilar. Shunga o'xshab har bir ummat ishini o'ziga chiroyli ko'rsatib qo'ydik. So'ngra qaytar joylari Parvardigorlari huzurigadir. Ana o'shanda ularga qilgan ishlarining xabarini berur.




  1. Agar ularga oyat kelsa, albatta, imon keltirishlari haqida jiddu jahd bilan Allohga qasam ichadilar. "Oyatlar Allohning huzuridadir", - deb ayting! Qaydan ham bilursizlar, (oyatlar) kelganda ham, balki imon keltirmaslar.




  1. Birinchi marta unga imon keltirmaganlaridek, dillari va ko'zlarini teskari qilib qo'yamiz va o'z tug'yonlarida gangib yurgan hollarida ularni tark eturmiz.

SAKKIZINCHI JUZ’
*************************



  1. Mabodo, Biz ularga farishtalarni tushirsak va o'liklar (tirilib) ularga gapirsa hamda hamma narsani kafil sifatida ularga (ularning muqobiliga) jam qilganimizda ham Alloh xohlaganidan boshqalari imon keltirmagan bo'lar edilar. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.




  1. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering.




  1. Shuningdek, har bir payg'ambarga insu jin shaytonlarini dushman qilib qo'ydik. Ular aldash maqsadida soxta xushsuxanlik bilan bir-birlariga vasvasa qiladilar. Agar Rabbingiz xohlasa, (bunday) qilmagan bo'lur edilar. Ularni to'qiyotgan (bo'hton)lari bilan birga qo'yavering.




  1. (Ularga ayting): "Allohdan boshqa hakam izlayinmi, holbuki, U sizlarga Kitob (Qur'on)ni batafsil nozil qilgan zotdir". Biz Kitob bergan (Ahli Kitob)lar u (Qur'on)ning haqiqatan Rabbingizdan nozil qilinganligini biladilar. Bas, aslo shak qiluvchilardan bo'lmang!




  1. Rabbingiz so'zi rostlik va adolatda kamoliga yetdi. Uning so'zlarini o'zgartiruvchi (kuch) yo'q. U eshituvchi va biluvchidir.




  1. Yer (yuzi)dagi ko'p kishilar (so'zi)ga itoat qiladigan bo'lsangiz, Sizni Alloh yo'lidan yanglishtiradilar. (Ular) faqat gumonga beriladilar va faqat yolg'onchilik qiladilar.




  1. Albatta, Rabbingiz (Uning) yo'lidan yanglishgan kimsani ham yaxshi biluvchi va U hidoyat

topganlarni ham yaxshi biluvchidir.



  1. Bas, agar Uning oyatlariga imon keltiruvchi bo'lsangizlar, (so'yishda) Allohning nomi aytilgan narsa (ma'lum hayvonlar go'shti)dan yeyaveringizlar.




  1. Sizlarga ne bo'ldiki, Allohning nomi aytilgan narsa (hayvon go'shtlari)dan yemaysizlar?! Vaholanki,

(U) sizlarga harom qilgan narsalarni, zarurat holatingiz mustasnoligini batafsil bayon qilgan edi. Albatta, ko'pchilik o'z havoyu xohishlari tufayli bilmasdan (o'zlarini) yanglishtiradilar. Albatta, Rabbingiz tajovuzkorlarni biluvchiroqdir.



  1. Gunohning oshkorasini ham, maxfiysini ham tark etingizlar! Albatta, gunoh qilganlar qilmishlari tufayli jazolanurlar.




  1. Allohning nomi aytilmagan narsalardan yemangizlar! Zero, u fosiqlikdir. Shaytonlar esa, o'z do'stlari (mushriklar)ni sizlar bilan bahslashish uchun vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangizlar, albatta, sizlar (ham) mushrikdirsizlar.




  1. O'lik (kofir) bo'lgan odamni (imon bilan) tiriltirib, unga odamlar ichida u sababli yuradigan nur (imon)ni berganimizdan keyin zulmatlar ichida (qolib,) u (yer)dan chiqmaydigan kimsaga o'xshaydimi?! Shunga o'xshash, kofirlarga o'z ishlari ziynatli (ko'rinadigan) qilib qo'yildi.




  1. Shuningdek, har bir qishloqda, uning yirik jinoyatchilarini u yerda makr qiladigan etib qo'ydik. (O'zlari) sezmagan holda (ular) faqat o'zlarigagina makr qiladilar.




  1. Ularga biror oyat (yoki mo''jiza) kelsa, aytadilar: "Bizga Allohning (boshqa) payg'ambarlariga berilgani kabi oyat (yoki mo''jiza)lar berilmaguncha, sira imon keltirmaymiz". Alloh payg'ambarlikni qayerga qo'yish (ravo ko'rish)ni yaxshi biluvchidir. Jinoyat qilganlarga makr qilganlari sababli Alloh huzurida xorlik va shiddatli azob muhayyodir.




  1. Alloh kimni hidoyatga yo'llashni iroda etsa, uning ko'ksi (qalbi)ni Islom uchun (keng) ochib qo'yadi. Kimni adashtirishni iroda etsa, ko'ksini go'yo osmonga ko'tarilib ketayotgandek, tor va siqiq qilib qo'yadi. Shunday qilib, Alloh imon keltirmaydiganlarga (loyiq) jazoni ravo ko'rar.



Izoh: Bu oyati karimadagi "ko'ksini go'yo osmonga ko'tarilib ketayotgandek tor va siqiq qilib qo'yadi" - degan jumla Qur'oni karimning eng yuksak ilohiy mo'jiza ekanligiga dalolat qiladi. Zero, ko'kka ko'tarilgan sayin havoning siyraklashuvi nazariyasi fizika va astronomiya fanida hali u davrda kashf qilinmagan edi.



  1. Rabbingizning to'g'ri yo'li shudir. Eslatma oluvchi qavm uchun oyatlarni batafsil bayon etdik.




  1. Ular uchun Parvardigorlari huzurida tinchlik diyori (jannat) bordir. Qilgan (solih) amallari sababli, U ularning do'stidir.




  1. Ularning hammasini jam etadigan Kunda (aytamiz): "Ey, jinlar to'dasi! Insonlardan (siz chalg'itganlar sonini) ko'paytirdingiz-ku?" (Shunda) ularning insonlardan bo'lgan do'stlari: "Ey, Rabbimiz! (Biz shunchaki) bir-birimizdan foydalandik va biz uchun O'zing belgilagan ajalimizga yetib keldik", - deganlarida, (Alloh) aytadi: "Joyingiz - do'zax, u yerda mangu qolursizlar, illo Alloh xohlagan (vaqtlar) bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz hikmat va ilm sohibidir. "





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish