hisobot berursizlar)! 6. U Kunda larzaga keluvchi (sur) larzaga keladi. 7. Ortidan ergashuvchi (ikkinchi bor sur ovozi) ergashur. 8. U Kunda dillar qo'rquvga tushuvchidir. 9. Ko'zlar esa (dahshatdan) so'nib qoluvchidir. 10. Ular (bu dunyoda) derlar: "Haqiqatan ham bizlar (o'lgach) avvalgi holatimizga qaytariluvchimizmi? 11. Chirik suyaklarga aylanib qolgan vaqtimizda-ya?" 12. Ular (istehzo bilan): "Unday bo'lsa, bu (bizlar uchun) rosa ziyon qiluvchi qaytish-ku!" - deydilar. 13. Bas, (u qaytish) faqat birgina qichqiriqdir (surning ikkinchi marta chalinishidir). 14. So'ngra ular birdan (tirilib) yer ustida bo'lib qolurlar. 15. (Ey, Muhammad,) Sizga Musoning xabari keldimi? 16. Qaysiki, Parvardigori unga muqaddas Tuvo vodiysida (shunday) nido qilgan ediki: 17.- (Ey, Muso,) Fir'avnning oldiga borgin, zero, u haddidan oshdi. 18. Bas, (unga) ayt: "Sening (kufrdan) poklanishga xohishing bormi? 19. Men seni Parvardigoring (yo'liga) hidoyat qilsam, bas, sen (U zotdan) qo'rqsang" . 20. (So'ng Muso) unga bir ulkan mo''jiza ko'rsatdi. 21. (Fir'avn) uni yolg’onga chiqardi va (Allohga) itoatsizlik qildi. 22. So'ngra shoshganicha (Musodan) yuz o'girib ketdi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
431
23. So'ngra (o'z odamlarini) to'pladi va jar soldi: 24. "Men sizlarning oliy Parvardigoringizdirman", - dedi.