Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com
кутубхонаси
420
41. jinoyatchi (kofir)lar haqida
42. (Ular do'zax ahliga): "Sizlarni Saqarga nima kiritdi?" (deganlarida),
43. ular ayturlar: "Bizlar namozxonlardan emas edik,
44. miskin (bechora)ga taom beruvchi ham bo'lmadik.
45. Bizlar (behuda so'zlarga) sho'ng'iydiganlar bilan birga sho'nqir edik.
46. Jazo kuni (Qiyomat)ni yolg'onga chiqarar edik
47. to aniq narsa (o'lim) kelgunicha".
48. Endi shafoatchilarning shafoati ularga foyda bermas.
49. Nega ular eslatmadan yuz o'giruvchidirlar?!
50. Xuddi cho'chigan eshaklarga o'xshab
51. sherdan qochib.
52. Yo'q! Ulardan har bir kimsa o'ziga ochiq sahifalar berilishini istar.
53. Yo'q! Balki, ular oxiratdan qo'rqmaslar.
54. Yo'q! U (Qur'on) bir eslatmadir.
55. Bas, xohlagan kishi undan eslatma olur.
56. Ular faqat Alloh xohlaganidagina (Qur'ondan) eslatma olurlar. U (Alloh) taqvoga ahl (loyiq) va
mag'firat ahli hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: