Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com
кутубхонаси
376
46. Yana ulkan gunoh (shirk) uzra ustivor edilar.
47.Yana aytar edilar: "Bizlar o'lib tuproq va suyaklarga aylangach, rostdan ham qayta
tiriltiriluvchimizmi?!
48. Avvalgi ota-bobolarimiz hammi?!"
49. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Albatta, avvalgilar ham, keyingilar ham
50. ma'lum Kundagi belgilangan vaqtda, albatta, to'planuvchidirlar!
51. So'ngra sizlar, ey, (qayta tirilishni) inkor etuvchi gumrohlar,
52. albatta, (jahannam giyohi) Zaqqum daraxtidan yeguvchi,
53. undan qorinlarni to'ldiruvchidirsizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: