22. Yana Biz ularni ko'ngillari istaydigan meva va go'sht bilan quvvatlantirurmiz.
23. Ular u joyda (shunday sharob) kosalarini talashib (qo'lma-qo'l) qilib ichurlarki, unda na behuda gap
va na gunoh ish bo'lur.
24. Ularning ustida go'yo (sadaf ichida) yashiringan gavhardek (pok va xushsurat) g'ulomlar aylanib
(xizmat qilib) yurar.
25. Ular bir-birlariga qarab, savol-javob qilishurlar.
26. Ayturlar: "Haqiqatan, bizlar ilgari (dunyoda) oilamiz orasida (Alloh azobidan) qo'rquvchi edik.
27. Mana, Alloh bizlarni mamnun etdi va bizlarni "samum" (do'zax shamoli)dan saqladi.
28. Darhaqiqat, bizlar ilgari (dunyoda) Unga duo qilar edik. Albatta, Uning O'zi marhamatli va
rahmlidir".
29. Bas, (ey, Muhammad,) (insonlarga) eslatma beravering, chunki Siz Rabbingizning ne'mati sababli
kohin (folbin) ham, majnun ham emasdirsiz.
30. Balki, ular (mushriklar): "(Muhammad) shoirdir. Bizlar unga zamon hodisotlari (yetishi)ni
kutarmiz", - derlar?!
31. Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman".
32. Balki, ularni "aqllari" mana shunga buyurar?! Yoki ular tug'yonga ketgan qavmdirlar?!
33. Balki, ular: "(Muhammad Qur'onni) o'zi ichidan to'qib olgan",- derlar?! Yo'q, ular imon
keltirmaslar!
34. Bas, agar rostgo'y bo'lsalar, o'zlari ham o'sha (Qur'on)ga o'xshash biror so'z (kitob) eltirsinlarchi?!
35. Yoki ular hech narsadan (ya'ni, Yaratuvchisiz) yaralib qolganmilar?! Yoki ular o'zlari
yaratuvchimilar?!
36. Yoki osmonlar va Yerni ham ular yaratganmilar?! Yo'q, ular ishonmaslar!
Do'stlaringiz bilan baham: |