1. Ho, Mim.
2. Aniq Kitob (Qur'on)ga qasamki,
3. albatta, Biz uni sizlar anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on qildik!
4. Darhaqiqat, u (Qur'on) dargohimizdagi Asl Kitobda (Lavhul - Mahfuzda) oliy (martabali) va hikmatli
(Kitob)dir.
5. Bas, haddan oshuvchi qavm bo'lsangiz, sizlardan (bu) eslatmani burib (o'z hollaringizga tashlab)
qo'yaylikmi?!
6. Avvalgilarga ham qanchalab payg'ambar yuborganmiz.
7. Ular ham o'zlariga kelgan payg'ambarni faqat masxara qilar edilar.
8. Bas, ulardan (makka kofirlaridan) kuchliroqlarni ham halok qilganmiz. (Qur'onda) avvalgilarning
masal (qissa)lari o'tdi.
9. (Ey, Muhammad,) qasamki, agar ulardan: "Osmonlar va Yerni kim yaratgan?" deb so'rasangiz,
albatta: "Ularni qudratli va bilimli (Alloh) yaratgan", - derlar.
10. O'sha zot sizlar uchun yerni beshik (qarorgoh) qilib qo'ydi va (safarlarda) yo'l topishlaringiz uchun
unda (yerda) yo'llarni (paydo) qildi.
11. O'sha zot osmondan (aniq) o'lchov bilan suv (yomg'ir) yog'dirdi. Bas, Biz u (suv) bilan "o'lik"
qishloqlarni "tiriltirdik" (giyohlarni chiqardik). Sizlar ham (Qiyomatda qabrlaringizdan) mana shunday
chiqarilursizlar.
12. O'sha zot barcha juftlarni (mavjudotni) yaratdi va sizlar uchun kemalar va chorva hayvonlaridan
ulovlarni (paydo) qildi.
13. Toki sizlar ularning ustiga mingaysizlar, so'ngra unga o'rnashib olgach, Parvardigoringiz ne'matini
eslab aytursizlar: "Bizlarga bu (ulov)ni bo'ysundirib qo'ygan zotga tasbeh aytamiz. Bizlar o'zimiz bunga
qodir emas edik.
14. Albatta, bizlar (barchamiz) Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchidirmiz".
Do'stlaringiz bilan baham: |