Hujjatni bosmalash.
Uskunalar panelidagi Pechat tugmasi bosmalash muloqot oynasini ochadi, uni Файл – Печать menyu buyrug’i yordamida ham ochish mumkin. Bu oynada boshqa Office ilovalarida bo‘lganidek standart boshqarish vositalari mavjud.
Bosma qismini belgilash. Bosma qismi bu – bosmaga chiqarilishi kerak bo‘lgan varaq qismi. Agar qo‘shimcha ko‘rsatma bo‘lmasa, bosmaga aktiv kataklar to‘rtburchagi(malumot bilan to‘ldirilgan kataklar to‘rtburchagi) yuboriladi. Agar shu to‘rtburchakning bir qismi chiqarilishi shart bo‘lmasa, kerakli qismni Файл-Область печати - Задать buyrug’i yordamida ajratiladi. Ajratilgan qism ekranda qalin chiziq bilan o‘rab ko‘rsatiladi. Uni o‘zgartirish uchun avval Файл-Область печати - Убрать orqali qalin chiziq olib tashlanib, so‘ng qaytadan ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |