Microsoft Word Pochta aloqalari doc


bo‘lgan 84-son xat po‘yxatsiz olindi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

bo‘lgan 84-son xat po‘yxatsiz olindi.                     
                                                                                                                                                         
              ABB
  Axmedov 
                
(лавозим, имзо)
 
 
              Opr
. Komilov     
               
(lavozim, imzo)
  
    (taqvim tamg‘a izi)      
faqat konvert
da jo‘natiladi
 


 
180
30-shakldagi xabarnomalarda qabul qilingan pochta jo‘natmalari, pul 
o‘tkazmalari, pochta buyumlari, ilova qilingan hujjatlari haqida quyidagi 
ma’lumotlar ko‘rsatib o‘tiladi: pochta jo‘natmasi yoki pul o‘tkazmasining 
raqami, qabul qilish joyi va sanasi, qaerdan, qanday hujjatlar bilan kelgan 
va sh.o‘., tekshiruvda aniqlangan barcha kamchiliklar ko‘rsatib o‘tiladi. 
Noto‘g‘ri yo‘naltirilgan, boshqa manzilga jo‘natilgan jo‘natmalar oddiy va 
buyurtmali xatlar, pul o‘tkazmalari, banderollarni jo‘natishning belgi-
langan muddatlari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlanganda, xabarno-
malarga manzil yorlig‘i ilova qilinadi. Noto‘g‘ri yo‘naltirilgan yorliqning 
orqa tomoniga belgilangan manzili, boshqa manzilga yo‘llangan pochta 
jo‘natmasi, pul o‘tkazmasining turi va uni qaerga to‘g‘ri yo‘naltirish kerak-
ligi, kechikish hollarida esa, jo‘natish va kelib tushish sanasi ko‘rsatiladi. 
Bu belgilar taqvim tamg‘a izi va tekshiruvchi aloqa xodimining imzosi 
bilan tasdiqlanadi. 
Pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari va buyumlari, noto‘g‘ri 
yo‘naltirilgan va belgilangan rejadan tashqari jo‘natilgan hollarda pochta 
jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarining qabul qilish joylariga xabarnomalar bir 
nusxada tuziladi bundan tashqari hollarda esa, 30-shakldagi xabarnomalar 
ikki nusxada tuziladi. Xabarnomaning birinchi nusxasi standart kon-
vertlarda qoidalar, yo‘riqnomalar va farmoyishlarini buzilishiga yo‘l 
qo‘ygan o‘z tobeligiga ko‘ra pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta 
aloqasi obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning rahbari nomiga 
jo‘natiladi, ikkinchi nusxasi esa, keluvchi yukxat (reestr)ga qo‘shib 
qo‘yiladi. 
Tranzit obyektda, manzilidagi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki 
pochta aloqasi obyektida qayd qilinmasdan qabul qilingan pochta 
jo‘natmalari va berk buyumlar, ular qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha 
quyidagi namunadagidek yozib qo‘yiladi: «2010 yil 14 yanvarda 
Urganchdan jo‘natilgan 602-sonli ro‘yxatda bo‘lmagan buyurtmali 
banderol qabul qilindi» yoki «2010 yil 16 yanvarda Nukusdan jo‘natilgan 
qiymati 25000 so‘m deb e’lon qilingan 116-sonli ro‘yxatda bo‘lmagan 
posilka qabul qilindi»
Olingan pochtani tekshirish uchun javobgar xodimning imzosi bilan 
ushbu yozuvlar tasdiqlanadi. Tranzit obyektlar bunday pochta 
jo‘natmalarini hujjatlarga odatdagi tartibda qayd qilib, keyin jo‘natadilar. 
30-shakldagi xabarnomalar olinganda pochta aloqasi hududiy 
tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, 
pochtamtlar)ning rahbarlari ularning ro‘yxatga olinishini ta’minlaydilar, 


 
181
aybdor aloqa xodimini aniqlaydilar, sababini surishtirib biladilar, xatoni 
hisobga oladilar va tegishli choralarni ko‘radilar. 
51-shakldagi dalolatnomalar quyidagi hollarda tuziladi:  
a) 16-shakldagi yukxatlarga qo‘shib qayd qilingan pochta 
jo‘natmalari va berk buyumlar olinmaganda yoki qayd qilinganlar 
o‘rniga 16-shakldagi yukxatlarda ko‘rsatilmagan boshqa jo‘natmalar va 
buyumlar olinganda; 
b) berk buyumlar va jo‘natmalar yig‘indilarida ilova qilingan 
hujjatlari, shuningdek 16-shakldagi umumiy yukxatlarga yozilib 
qo‘yilgan 16-shakldagi alohida yukxatlar bo‘lmaganda;  
v) berk buyumlar va jo‘natmalar yigindilarida, shuningdek yozib 
qo‘yilgan buyurtmali banderollarda joylanmalar yetishmaganda; 
g) posilka, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon qilingan 
banderollar, mayda paket, xalqaro qopning og‘irligi to‘g‘ri kelmaganda; 
posilkada 2-shakldagi yorliq bo‘lmaganda yoki blankadagi og‘irligi 
to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarning unda yo‘qligi bilan bir vaqtda 
tuzitishlar mavjud bo‘lganda; 
d) tranzit berk buyumlar, shuningdek tranzit va keluvchi 
posilkalar, qiymati e’lon qilingan xatlar va qiymati e’lon qilingan 
banderollar ochilganda hamda qaytadan o‘ralganda; 
e) nuqsonli sug‘urta pochta jo‘natmasi aniqlanganda; 
j) PO‘NQM da 57-shakldagi ro‘yxatga yozib qo‘yilgan 5-shakldagi 
daftarlar to‘liq olinmaganda; 
z) shikastlangan yoki ularning ochilganligini bildiruvchi izlar 
bo‘lgan harbiy xatlar olinganda. 
51-shakldagi dalolatnomada tuzilgan sanasi, vaqti va joyi, pochta 
jo‘natmasi qaysi pochta aloqasi hududiy tashkiloti, pochta aloqasi 
obyekti yoki pochta vagonidan va qanday hujjatlar bilan olingan 
(olinmagani), uning turi, raqami, e’lon qilingan qiymati va ustama to‘lov 
summasi, qabul qilish joyidagi va manzillangan pochta aloqasi 
obyektlari, og‘irligi, jo‘natish sanasi va oyi, jo‘natuvchi hamda 
oluvchining manzili va nomlari ko‘rsatiladi. Keyin masalaning mohiyati 
bayon qilinadi va dalolatnoma necha nusxada tuzilgani va qaerga 
yo‘llangani ko‘rsatiladi. Dalolatnoma nazorat qiluvchi shaxs va pochta 
jo‘natmasiga ishlov berish hamda tekshirishda ishtirok etgan aloqa 
xodimlari tomonidan imzolanadi va taqvim tamg‘a izi bilan tasdiqlanadi.  
51-shakldagi dalolatnoma uch nusxada tuziladi va 51-shakldagi 
jo‘natiladigan dalolatnomalarni ro‘yxatga olish daftarida qayd qilinadi. 


 
182
51-shakldagi dalolatnomalar xizmatga oid buyurtmali banderollarda 
jo‘natilib, ularning jo‘natilish raqamlari dalolatnoma raqamlari 
hisoblanadi.  
51-shakldagi dalolatnomaning birinchi nusxasi pochta jo‘natmasi 
bilan birga yuboriladi, ikkinchi nusxasi navbatdagi jo‘natiladigan pochta 
bilan Xalqaro pochtamt rahbariga yuboriladi. 51-shakldagi 
dalolatnomaning uchinchi nusxasi 51-shakldagi dalolatnomani tuzgan 
pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari yohud 
pochta vagoni hujjatlariga tikib qo‘yiladi.  
Agar, 51-shakldagi dalolatnomani pochta jo‘natmasi (berk buyum) 
bilan jo‘natishning zaruriyati bo‘lmasa, u ikki nusxada tuziladi va Xalqaro 
pochtamt rahbariga 51-shakldagi dalolatnomaning birinchi nusxasi 
jo‘natiladi. 
Pochta vagonlarida tuzilgan 51-shakldagi dalolatnoma va 30-
shakldagi xabarnomalar (birinchi nusxalari), navbatdagi jo‘natiladigan 
pochta bilan birga navbatdagi almashish punktida belgilangan manzilga 
jo‘natiladi. 
Pochta jo‘natmalarini ochishda 51-shakldagi dalolatnomalar to‘rt 
nusxada tuziladi. 51-shakldagi dalolatnomaning to‘rtinchi nusxasi birinchi 
nusxasi bilan birga pochta jo‘natmasini oluvchisiga berish uchun 
jo‘natiladi. 
Konteynerlar va sug‘urtali qoplarda jo‘natilgan pochta jo‘nat-
malariga nisbatan suiiste’mol qilish holatlari aniqlanganda, 51-shakldagi 
dalolatnomalarda ularning tashqi holati batafsil tavsiflanadi va ashyoviy 
dalillar (plombalar, manzil yorliqlari yoki muhrli yorliqlar) ilova qilinadi.  
Aloqa bo‘limida tuzilgan 51-shakldagi dalolatnomalar darhol 
(navbatdagi jo‘natiladigan pochta bilan) o‘z tobeligiga ko‘ra pochta aloqasi 
hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa 
bog‘lamalari, pochtamt)ga belgilangan tartibda ro‘yxatga olish va keyingi 
ish kunidan kechiktirmay (dalolatnoma kelgan vaqtdan boshlab) nuqsonga 
yo‘l qo‘ygan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyektiga uzatish uchun berilishi kerak. 
Pochta jo‘natmasi yo‘qotilgani yoki joylanmalarning bir qismi 
etishmasligi sababli tuzilgan 51-shakldagi dalolatnomalar bo‘yicha, 
dalolatnoma tuzgan pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi 
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt) tomonidan, bundan tashqari 
idoraviy tekshiruv o‘tkaziladi, ish huquqni himoya qilish organlariga 
beriladi. 
 


 
183
 

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish