NAZORAT SAVOLLARI
1. Olganligi to‘g‘risida bildirishnomali xalqaro pochta jo‘nat-
malarini qabul qilish tartibini aytib bering.
2. Olganligi to‘g‘risida bildirishnomali xalqaro pochta jo‘natmalari
manzil tomonida qaysi belgilar qo‘yiladi?
3. Jo‘natuvchi tomonidan olganligi to‘g‘risida bildirishnoma qaysi
tartibda to‘lanadi?
4. Aviajo‘natmalarga ularning o‘lchami, og‘irligi va o‘roviga
nisbatan qo‘yilagan talablarni aytib bering.
5. «Express» – «Shaxsan qo‘liga topshirilsin» belgili pochta
jo‘natmalarini topshirish tartibi qanday?
3.10 To‘plamli xalqaro pochta jo‘natmalari
Korxona, muassasa va tashkilotlar posilkalarni yopiq holda,
bojxona organlarining «Jo‘natishga ruxsat etilgan» belgili 103-A-
shakldagi ro‘yxat bo‘yicha zarur nusxadagi CN 23 bojxona
deklaratsiyalari, CP 71 blankalarini ilova qilgan holda jo‘natadilar.
Bojxona uchun mo‘ljallangan bojxona deklaratsiyasining bir nusxasi
korxona, muassasa va tashkilotning rahbari yoki uning o‘rinbosari
tomonidan lavozimi ko‘rsatilib imzolanadi hamda jo‘natuvchi-korxona,
muassasa, tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
CN 23 bojxona deklaratsiyasining shu nusxasida O‘zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tegishli ekspert
boshqarmasi tomonidan berilgan ruxsatnomaning raqami yozilgan
bo‘lishi kerak.
171
Xalqaro xatlarni yo‘llashda 103-A-shakldagi ro‘yxatlar 3
nusxada tuziladi, ulardan biri xatlar bilan yo‘llanadi, qiymati e’lon
qilingan xatlar, mayda paketlar va posilkalarni yo‘llashda ular 2
nusxada tuziladi.
Buyurtmali banderollarni jo‘natishda 103-A-shakldagi ro‘yxatlar
to‘rt nusxada tuziladi, ularning ikkitasi banderol bilan jo‘natiladi.
103-A shakldagi ro‘yxatlar korxona, tashkilot va muassasalar
rahbarlari (o‘rinbosarlari) tomonidan ularning lavozimlarini
ko‘rsatgan holda imzolanadi va korxona, tashkilot, muassasaning
muhri bilan tasdiqlanadi. Korxona, tashkilot va muassasalar
rahbarlarining 103-A-shakldagi ro‘yxatlari va bojxona
deklaratsiyalaridagi imzolari bir xil bo‘lishi kerak.
103-A-shakldagi ro‘yxatlarda «Ro‘yxat» so‘zidan keyin aloqa
xodimlari tomonidan tartib raqamlari (1 dan 1000 gacha) qo‘yib
chiqiladi. Pochta aloqasi obyektining boshqa kassalarida ham
ro‘yxatni raqamlash shu tartibda olib boriladi, lekin unga kassaning
harfli yoki raqamli literi qo‘shiladi. Ro‘yxatga olinadigan pochta
jo‘natmalarining har biri ro‘yxatlarga nomma-nom yoziladi.
103-A-shakldagi ro‘yxatlar korxonalar, tashkilotlar va
muassasalar tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra tayyorlanadi.
Ro‘yxatlar bosma usulida yoki ruchkada ulardagi mavjud qat’iy
ustunlar bo‘yicha to‘ldiriladi. 1 dan 5 gacha bo‘lgan ustunlarni
jo‘natuvchi to‘ldiradi.
Jo‘natuvchilar 103-A-shakldagi ro‘yxatning yuqori qismida
respublika Tashqi iqtisodiy aloqalar organlari tomonidan jo‘natish
uchun berilgan ruxsatnomaning raqamini ko‘rsatishlari kerak.
103-A-shakldagi ro‘yxatlar bo‘yicha qabul qilinadigan pochta
jo‘natmalari umumiy qabul qilingan tartibda rasmiylashtiriladi. Aloqa
xodimi ro‘yxatning to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi, pochta
jo‘natmalari va jo‘natuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatdagi
ma’lumotlarni ro‘yxatdagi yozuv bilan solishtiradi, og‘irligi, jo‘natish
haqini, QQS summasini ajratib ko‘rsatadi. Ro‘yxat oxirida aloqa
xodimi taqvim tamg‘a izini tushiradi, aniq qilib «Qabul qildim» deb
yozadi, o‘z familiyasi, lavozimini ko‘rsatadi va imzo qo‘yadi.
Ushbu korxona, tashkilot, muassasadan qabul qilingan pochta
jo‘natmalari to‘plamiga 1-shakldagi yoki 3-shakldagi daftardan bitta
umumiy kvitansiya yoziladi, unda pochta jo‘natmalarining raqamlari
____sondan _____songacha qo‘yib chiqiladi, «Qaerga» satrida ro‘yxat
172
bo‘yicha qabul qilingan pochta jo‘natmalari soni ko‘rsatiladi,
«Kimga» satrida «Ro‘yxat bo‘yicha» belgisi qo‘yiladi, «To‘lov»
ustunida esa olingan to‘lovning umumiy summasi ko‘rsatiladi, bunga
qo‘shimcha og‘irligi va e’lon qilingan qiymat uchun to‘lov, QQS
summasini ajratib yoziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |