117
o‘lchamli va og‘ir vaznli – 10 tagacha) jo‘natuvchi ularni mo‘ljallangan
manzilgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruhlarga ajratadi va har bir guruhga
alohida 103-shakldagi ro‘yxatni tuzadi. Bir vaqtda, bir necha ro‘yxat
bo‘yicha jo‘natiladigan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarining soni,
posilkalardan tashqari, chegaralanmaydi. Tezkor (telegraf) pul
o‘tkazmalari alohida 103-shakldagi ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi.
To‘plamli posilkalarni qabul qilish pochta aloqasi hududiy
tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari,
pochtamtlar)
va korxona, tashkilot, muassasalar o‘rtasida tuziladigan
shartnoma bilan tartibga solinadi.
To‘plamli posilkalar pochta aloqasi obyektining ish tartibini
hisobga olgan holda, shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan
jadvalga muvofiq bo‘lgan muddatda va hajmda qabul qilinadi.
Posilkalarni topshirish jadvali pochta aloqasi hududiy tashkilotlari yoki
pochta aloqasi obyektlari (pochta aloqa bog‘lamaari, pochtamtlar)
bilan
yiliga ikki marta, pochta tashishning yangi jadvallari amalga
kiritilishidan kamida 10 kun ilgari kelishib olinadi.
To‘plamli posilkalarni qabul qilish yopiq turdagi aloqa bo‘limlari
yoki aloqa xodimlari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona, tashkilot,
muassasalarda, shuningdek pochta aloqasi hududiy tashkilotining
almashuv punktlari yoki shu maqsad uchun maxsus ajratilgan aloqa
bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bir oyda 10 ming va undan ortiq posilkalar jo‘natuvchi korxona,
tashkilot va muassasalar pochta aloqasi obyektlariga transport uchun
kirish yo‘laklari hamda to‘plamli posilkalarga mexinizatsiyalashgan
ishlov berishni ta’minlash uchun texnologiya
uskunalari mavjud
bo‘lgan ishlab chiqarish binolarini ajratishlari mumkin.
Posilkalarni qabul qilishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxona, tashkilot va
muassasalarda tashkil etishda, shu jumladan yopiq turdagi aloqa
bo‘limi tomonidan xizmat ko‘rsatilganda ham, jo‘natuvchi pochta
aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqasi obyekti (pochta aloqa
bog‘lamasi, pochtamt) bilan shartnoma bo‘yicha pochta vagonlariga
posilkalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib chiqish va topshirishni ta’minlaydi.
Posilkalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta vagonlariga topshirish
imkoniyati
bo‘lmaganda, ular jo‘natuvchi tomonidan pochta aloqasi hududiy
tashkilotlarining almashuv punktlariga topshiriladi.
To‘plamli aviaposilkalarni qabul qilish aviakorxonalar bilan,
odatda samolyotlarning to‘g‘ri reyslari orqali jo‘natish uchun kelishilib,
118
kafolatlangan me’yorlar hajmiga qat’iy muvofiq holda amalga
oshirilishi kerak.
To‘plamli pochta jo‘natmalari bo‘lgan konteynerlar
quyidagilarga bo‘linadi:
a) bitta manzildagi pochta aloqasi obyektiga jo‘natiladigan
to‘plamli posilkalar bo‘lgan konteynerlar;
b) pochta vagonlari yoki samolyot reyslari yo‘nalishlarning man-
ziliga pochtani konteynerlarda pochta vagoni yoki samolyotga to‘g‘ri-
dan-to‘g‘ri topshiriladigan to‘plamli posilkalari bo‘lgan konteynerlar.
Konteynerlar pochta aloqasi obyektlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
pochta saralanadigan ish joylaridagi to‘plamli
posilkalar guruhlaridan
tuziladi. Pochta aloqasi obyekti konteynerlarga ikki va undan ortiq
posilkalar guruhini joylashtirganda, har bir guruhni indekslashga
majbur. Konteynerlar pochta aloqasi obyektlari tomonidan
plombalanadi. Yukli va bo‘sh konteynerlarni yuklash, tashish va
bo‘shatish jo‘natuvchi – korxona, tashkilot
va muassasasalar qoshidagi
yopiq turdagi aloqa bo‘limlaridan tashqari, pochta aloqasi
obyektlarining kuchi va mablag‘lari bilan amalga oshiriladi.
103-shakldagi ro‘yxatlar korxona, tashkilot va muassasalar to-
monidan tayyorlanadi. Ro‘yxatlar bosma usulda yoki ruchka bilan
qo‘lda to‘ldiriladi: buyurtmali banderollar, buyurtmali xatlar va buyurt-
mali pochta varaqchalarini berishda – bir nusxada, ro‘yxatga
olinadigan
boshqa pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalarini berishda – ikki nusxada,
aloqa xizmatlari uchun oldindan to‘langan pul hisobiga pochta
jo‘natmalarini berishda ro‘yxatlarning soni 1 nusxaga ko‘paytiriladi.
Ro‘yxatning 1-5-ustunlarini – jo‘natuvchilar, 6-9-ustunlarini esa aloqa
xodimlari to‘ldiradilar.
Ro‘yxatga olinadigan pochta jo‘natmalari, pul o‘tkazmalari
ro‘yxatlarga nomma-nom yoziladi. Pul o‘tkazmalarini vakolatlangan
vakillarning manzillariga jo‘natishda ro‘yxat ustiga «Vakolatli
vakiliga» deb yozib qo‘yiladi.
«Harbiy qism», «Pochta qutisiga» manzili bo‘lgan pochta
jo‘natmalarini jo‘natishda ikkinchi ustunda
«Harbiyga oid», «Pochta
qutisiga» degan tegishli belgi qo‘yiladi, uchinchi ustun esa to‘l-
dirilmaydi.
103-shakldagi ro‘yxatlarda pul o‘tkazmalarining
umumiy
summasi raqam va so‘z bilan yozib ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: