) ٤٣ ( «Men tushimda yettita semiz sigirni ko‘rdim, keyin yettita oriq sigirlar kelib semiz sigirlarni yeb qo‘yishdi. Yana yettita ko‘m-ko‘k bug‘doy boshog‘ini, undan keyin yettita qurigan boshoqni ko‘rdim. Shu tushimning ta’birini aytinglar!», - deb amr qildi.
Bu tushning ta’biridan hamma ojiz qoldi va noiloj:
َﻦﻴِﻤِﻟﺎَﻌِﺑ ِمﻼْﺣﻷا ِﻞﻳِوْﺄَﺘِﺑ ُﻦْﺤَﻧ ﺎَﻣَو ٍمﻼْﺣَأ ُثﺎَﻐْﺿَأ اﻮُﻟﺎَﻗ ) ٤٤ ( «Bu tushingiz aralash-quralash, bosinqirash tushlar, biz buning ta’vilini bilmaymiz», - deyishdi.
Nogahon soqiyning esiga zindonda yotgan tush ta’birchisi tushib qoldi va shoshilgancha zindonga bordi.
Qarasa Yusuf hali ham taqdirga tan berib, zindonda yotibdi. U kishiga murojaat qilib, shunday dedi:
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)