narsa bo‘ldi-ku!». (Hud, 71-72.)
Allohning qudratiga shak yo‘q, Ishoq otli farzand tug‘ildi.
Ishoq (a.s.) ulg‘ayib, payg‘ambar bo‘ldilar, Shom va uning atrofidagi xalqni Haqqa da’vat qilishga
buyurildilar. U kishining da’vatlari otalari Ibrohim (a.s.)ga berilgan shariat va kitob orqali edi.
Ishoq (a.s.) otalariga juda o‘xshar edilar. U kishini soqolda ko‘rgan odamlar Ibrohimning o‘zlari deb
o‘ylardilar.
Islom ulamolari Alloh taolo tomonidan qurbonlikka buyurilgan farzand Ibrohim (a.s.)ning ikki o‘g‘illaridan
qaysi biri ekanligi to‘g‘risida ixtilof qilganlar. Ba’zilari zabih Ishoq ibn Ibrohim edi, desalar, yana ba’zilari zabih
Ismoil ibn Ibrohim edi, deydilar va har ikki taraf ham o‘z so‘zlarining rostligiga dalil sifatida Payg‘ambarimiz
(s.a.v)dan hadis rivoyat qilganlar.
Ishoqni zabih deguvchilar quyidagi hadislarni keltirganlar:
1. Ibn Abbos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan «Biz uning o‘rniga katta bir (qo‘chqor)
Do'stlaringiz bilan baham: |