ﺎًﺗﺎَﺒَﻧ ِضْرﻷا َﻦِﻣ ْﻢُﻜَﺘَﺒْﻧَأ ُﻪﱠﻠﻟاَو
)
١٧
(
ﺎًﺟاَﺮْﺧِإ ْﻢُﻜُﺟِﺮْﺨُﻳَو ﺎَﻬﻴِﻓ ْﻢُآُﺪﻴِﻌُﻳ ﱠﻢُﺛ
)
١٨
(
«Alloh taolo sizlarni (Odamni) yerdan undirdi (paydo qildi). So‘ngra (vafot etganlaringizda) sizlarni yana
yerga qaytarur va (Qiyomatda) sizlarni yana chiqarur»(Nuh, 17-18.) deb, insonning asli yerdan
yaratilganiga ishora qilyapti. Haqiqatdan ham insonning yaratilishi tuproqdan bo‘lgani uchun, uning hayotini
davom etishi ana shu tuproqqa bog‘liqdir. Inson o‘ziga kerakli moddani tuproqdan chiqqan o‘simliklar, mevalar
va donlardan oladi. Hattoki u hayvonlarning, parrandalarning va suvdagi baliqlarning go‘shtini iste’mol qilsa
ham, ularning tarkibida yerdan unib chiqqan o‘simlik moddasi mavjud. O’simliklarning manbai esa yerdir. Bu
narsa biolog olimlar tomonidan ilmiy isbotlangan haqiqatdir.
Demak, o‘n to‘rt asr avval Qur’oni karim orqali juda qisqa iboralar bilan aytib o‘tilgan ma’lumotlarning ilmiy
isbotlanishi uning mo‘‘jizaviy ilohiy kalom ekanligiga dalolat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |