اًﺮْﻣِإ ﺎًﺌْﻴَﺷ َﺖْﺌِﺟ ْﺪَﻘَﻟ ﺎَﻬَﻠْهَأ َقِﺮْﻐُﺘِﻟ ﺎَﻬَﺘْﻗَﺮَﺧَأ
)
٧١
(
َﻊﻴِﻄَﺘْﺴَﺗ ْﻦَﻟ َﻚﱠﻧِإ ْﻞُﻗَأ ْﻢَﻟَأ َلﺎَﻗ
اًﺮْﺒَﺻ َﻲِﻌَﻣ
)
٧٢
(
اًﺮْﺴُﻋ يِﺮْﻣَأ ْﻦِﻣ ﻲِﻨْﻘِهْﺮُﺗ ﻻَو ُﺖﻴِﺴَﻧ ﺎَﻤِﺑ ﻲِﻧْﺬِﺧاَﺆُﺗ ﻻ َلﺎَﻗ
)
٧٣
(
«U (Xizr) aytdi: «Aniqki, sen men bilan birga (ilm muammolariga) sabr qila olmaysan. (Zotan) o‘zing
egallab xabardor bo‘lmagan narsaga qanday sabr qilursan?!» Xizr (a.s.) dedilar: «Ey Muso, Alloh taolo
menga shunday ilmni bildirganki, uni sen bila olmaysan. Alloh taolo senga shunday ilmni bildirganki,
uni men bila olmayman». (Muso) dedi: «Inshaalloh, sen mening sabrli ekanimni ko‘rursan. Men biror
ishda senga itoatsizlik qilmasman». U (Xizr) aytdi: «Bas, agar menga ergashsang, to o‘zim senga
aytmagunimcha, biror narsa haqida mendan so‘ramagin!» Xizr (a.s.) va Muso (a.s.) ikkovlari dengiz
sohili bo‘ylab yo‘lga tushdilar va kema to‘xtab turgan joyga yetdilar. Kemachi bilan gaplashib, ikkovlari
kemaga chiqqan edilar, Xizr (a.s.)ni tanib qolgan kemachi haq olmasdan aytgan joylariga olib borib
qo‘yishga va’da berdi. «Bas, ikkisi yo‘lga tushdilar. To borib bir kemaga minishlari bilan (Xizr kemani)
teshib qo‘ydi. (Muso) aytdi: «Odamlarni g‘arq qilish uchun uni teshdingmi?! Juda nojo‘ya ish qilding-
ku!» U (Xizr) dedi: «Men bilan birga sabr qilishga sira toqating yetmaydi, demaganmidim?!» (Muso)
aytdi: «Unutganim uchun meni ayblamagin va bu ishim sababli meni mashaqqatga duchor ham
Do'stlaringiz bilan baham: |