xohlasa biz, albatta, to‘g‘ri yo‘lni topuvchilarmiz». (Muso) aytdi: «U aytmoqdaki, u shunday sigirki, yer
haydashga ham, ekinlarni sug‘orishga ham o‘rgatilmagan bo‘lib, nuqsonsiz, unda (sarg‘ish rangidan
boshqa) rang yo‘q». Ular: «Endi haqiqatni keltirding» - deb uni (o‘sha sifatlarga ega sigirni zo‘rg‘a topib)
so‘ydilar, vaholonki, (bu ishni) qila olmasliklariga sal qolgan edi». (Baqara, 68-71.)
Isroil avlodlari sigirni so‘yishga so‘yib, endi bu yog‘iga nima qilishni bilmay turganlarida, Alloh taolo bu
yog‘ini ham o‘rgatdi, ya’ni sigirning bir parchasini kesib olib, u bilan jasadni urishlari lozimligini ham vahiy qildi.
Bu parcha et sigirning qaysi a’zosi ekanligi haqida ulamolardan «bir parcha go‘shti», «dumg‘azasi», «dumi»,
«ikki kuragining orasidagi payi» degan turli fikrlar rivoyat qilingan.
و
َنﻮُﻤُﺘْﻜَﺗ ْﻢُﺘْﻨُآ ﺎَﻣ ٌجِﺮْﺨُﻣ ُﻪﱠﻠﻟاَو ﺎَﻬﻴِﻓ ْﻢُﺗْأَراﱠدﺎَﻓ ﺎًﺴْﻔَﻧ ْﻢُﺘْﻠَﺘَﻗ ْذِإَ
Do'stlaringiz bilan baham: |