Abu Voqid al-Laysiy shunday rivoyat qiladi: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan Hunayn tarafga jihodga chiqdik.
Sidra nomli daraxt yonidan o‘tayotganimizda Rasulullohga: «Bizga ijozat bersangiz, mana shu daraxtdan
kofirlar foydalanganlaridek, biz ham qurol-aslahalarimizni unga osib, atrofida aylanib, biroz istirohat qilardik» -
dedik. Rasululloh (s.a.v.):
«Allohu akbar! Bu gap Isroil avlodlarining gapi edi. Sizlar ham qadimda o‘tgan qavmlarning ishini takrorlayapsizlar!» -
dedilar. (Imom Ahmad rivoyat qilgan.)
Muso (a.s.) o‘z qavmlari bilan dunyoning eng katta shahri hisoblangan Ariho(Hozirgi Quddus shahri)
454
ga
yo‘l oldilar. U yerni Amoliqa qavmidan tortib olmoqchi bo‘ldilar. Isroil avlodlariga Allohning berayotgan
ne’matlarini eslatib, uning shukronasi uchun jihodga buyurilganini, bu jihodda ularning g‘alaba qilish bashorati
berilganini ham aytdilar. Lekin ular Muso (a.s.) ga itoatsizlik qilib: «Jabbor bir qavm bilan biz jang qilmaymiz.
Sen Rabbing bilan borib jang qil», - deyishdi.
ْذِإ ْﻢُﻜْﻴَﻠَﻋ ِﻪﱠﻠﻟا َﺔَﻤْﻌِﻧ اوُﺮُآْذا ِمْﻮَﻗ ﺎَﻳ ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ ﻰَﺳﻮُﻣ َلﺎَﻗ ْذِإَو
Do'stlaringiz bilan baham: |