baquvvat qilgin. Va uni ishimda (ya’ni payg‘ambarlik ishida) sherik qilgin. Toki, biz Senga ko‘proq tasbeh
aytaylik, va Seni ko‘proq yod etaylik. Albatta, Sen bizni ko‘ruvchi zotsan. Alloh dedi: «So‘ragan
narsang senga ato etildi, ey, Muso!». (Toha, 24-36.)
Alloh taolo Muso (a.s.)ning duolarini ijobat qilib, talablarini qondirganini «Maryam» surasida ham ta’kidlaydi:
ﺎًّﻴِﺒَﻧ َنوُرﺎَه ُﻩﺎَﺧَأ ﺎَﻨِﺘَﻤْﺣَر ْﻦِﻣ ُﻪَﻟ ﺎَﻨْﺒَهَوَو
)
٥٣
(
«Biz unga o‘z fazlimiz bilan birodari – Horunni payg‘ambar qilib berdik». (Maryam. 53.)
Oysha onamiz (r.a.) haj yo‘lida ketayotib, bir odamning: «Qaysi aka o‘zining ukasiga eng ishonchli sherik bo‘lgan?» -
deb savol qilganini eshitdilar. Butun qavmdagilar sukut saqlab, javobga og‘iz ochmadilar. Shunda Oysha onamiz (r.a.)
atrofdagilarga dedilar: «Musoning duosi bilan akasi Horunni Alloh taolo eng ishonchli sherik qilgan». (Ibn Kasir, Qisasul
anbiyo. Qohira, 236-bet.)
Shunday qilib, Alloh taolo Muso va Horun payg‘ambarlarni birgalikda Fir’avn va uning qavmini hidoyatga
chaqirish uchun Misrga yubordi.
Do'stlaringiz bilan baham: |