Shundan keyin ular ustiga to‘fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo‘‘jizalar sifatida yubordik. Shundan so‘ng ham ular kibr qildilar va o‘zlari oldindan jinoyatchi qavm edilar». (A’rof, 130- 133.) Alloh taolo Muso (a.s.)ni payg‘ambar qilib tayinlab, keyin mo‘‘jizalar bilan ham quvvatlab, Fir’avn huzuriga
yubormoqni iroda qildi. Muso (a.s.)ning yodlariga Misrda bir qibtiyni o‘ldirib qo‘yib, qochib ketganlari tushdi va
Parvardigorga iltijo qildilar:
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)