َﻦﻴِﻠِهﺎَﺠْﻟا َﻦِﻣ ْﻦُآَأَو
)
٣٣
(
«(Yusuf) dedi: «Ey Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko‘ra zindon ma’qulroqdir. Agar ularning
makrlarini mendan darig‘ tutmasang, ularga moyil bo‘lib, johillardan bo‘lib qolurman».(Yusuf, 33.)
Agar Yusuf (a.s.) shahvoniy nafs yo‘lida hech narsadan tap tortmaydigan bir besabr ayolning domiga ilinib,
nafs ko‘yiga yurgan va u bilan zinoga qadam qo‘yganlarida, ehtimolki, Alloh taolo u kishini qattiq jazolardi,
ehtimolki o‘limga hukm etilardilar. Alloh taolo azaldan ato etgan poklik sababli o‘zlarini saqladilar, xojalariga
xiyonat qilmadilar, Allohning shariatini buzmadilar, natijada Allohning o‘zi bu itoat va poklikni munosib
taqdirladi. Yusuf (a.s.) qullikdan Misr azizi martabasiga ko‘tarildilar, Zulayxo bilan nopok tarzda uchrashmagan
bo‘lsalar, endi Alloh taoloning marhamati bilan halol-pok nikohlangan zavjalariga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |